Ichki ishlar xodimlari va talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-yil 12-mart kuni  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialidaichki ishlar soxasi xodimlari va talabalar o‘rtasida  navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda soxa vakillari Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, mayor S. Yuldashev, Tergov boshqarmasi  mas’ul xodimi, mayor N. Musinov, filial rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda 40 nafardan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Mayor S. Yuldashev “Hozirgi kunda Ichki ishlar organlarining  tergov bo‘linmalariga qo‘yiladigan talablar va bu soxada qonun o‘zgarishlarining mazmun-mohiyati” mavzusida ma’ruza qildi va talaba yoshlarga jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan zaruriy ko‘rsatma va maslahatlar berdi, shuningdek, IIB va axborot kommunikatsion texnologiyalari soxasining hamkorligi to‘g‘risida berilgan savollarga javoban atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi hamda inson muvaffaqiyatlarga erishish uchun kitobxon bo‘lishi, o‘z ustida ishlashi va izlanishi, mehnat qilishi kerakligi to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirdi.