Korrupsiya millat taraqqiyotining kushandasi mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan filial sirtqi bo‘limi talabalariga, yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakillantirish maqsadida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” “Korrupsiya millat taraqqiyotining kushandasi” mavzusida davra suhbat o‘tkazildi.

Ushbu davra suhbatida korrupsiya, uni keltirib chiqaradagan omillar, oqibatlari to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Shuningdek, maishiy korrupsiya, uning ko‘rinishlari to‘g‘risida misollar orqali ma’lumotlar berildi.