Xalqaro startaplarning usullari va imkoniyatlari mavzusida o‘quv seminari bo’lib o’tdi

O‘zbekiston-Latviya hamkorligida ochilgan ISMA universiteti Farg‘ona filiali hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish maqsadida Latviya Respublikasi Riga texnologiyalar universiteti Energiya va axborot texnologiyalari fakulteti professori, doktor Caiko Jelena Valirevna taklif etildi.

Tashrif mobaynida professor, doktor Caiko Jelena Valirevna tomonidan “Xalqaro startaplarning usullari va imkoniyatlari” mavzusida filialning professor-o‘qituvchilariga o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminari davomida xalqaro startaplar, ularni ro‘yxatga olish va amalga oshirish usullari haqida batafsil tushunchalar berildi.