Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘on filiali direktori A. Rasulov talaba-yoshlarini yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish maqsadida, filial talabalar turar joyiga tashrif buyurdi

2021-yil 5-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiFarg‘ona filiali direktori А. Rasulov va Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A. Salmonovlar, talaba-yoshlarni yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida filialning talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar. Tashrif mobaynida talabalar turar joyining talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar dam olish uchun urindiqlar mavjudligi va dars qilish stol stullar yetarli ekanligi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun yartilgan imkoniyatlaro‘rganildi.

Tashrif davomida filial direktori va talaba-yoshlar bilan talabalar turar joyidagi yashash sharoiti, sanitariya-gigienaga rioya qilish, yong‘in xavfsizligi va bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlari haqida suhbat o‘kazildi. Shuningdek talabalar turar joyi direktori M. Nosirov bilan ham fikr almashildi. Talabalar filial direktorini tashrifidan mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.