Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida Talabalarning yashash tarzi, odob-axloqi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda talaba-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish to‘g‘risida davra suxbati tashkil etildi

2021 yil 29 oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida Talabalarning yashash tarzi, odob-axloqi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda talaba-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish to‘g‘risida davra suxbati tashkil etildi. Unda filial Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari – A.Qodirov, filial Xotin-qizlar maslaxat Kengashi raisi – Sh.G‘aniyeva, filial Korrupsiyaga qarshi kurashish, “Komplaens-nazorat” bo‘limi boshlig‘i – I.Rustamov, filial Yoshlar bilan ishlash va ma’naviya-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i – A.Rayimov, filial Tarbiyachi pedagogi va psixologi – S.Rahmonov, dekan o‘rinbosarlari, filial Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi, barcha tyutorlar, filial xamshirasi va talaba qizlar ishtirok etdilar.

Ushbu davra suxbatini o‘tkazishdan asosiy maqsad – filialda taxsil olayotgan talaba-qizlarning xavfsizligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashini oldini olish, bu xolatlar sodir bo‘lmasligi uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, hammani xushyorlikka chaqirish, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmunini yana bir karra tushuntirish, 1006 ishonch telefoni hamda @himoya_otv_bot (https://t.me/himoya_otv_bot)’ni ishga tushirilganligi bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Bundan tashqari jamiyatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz ayollar uchun berilayotgan imtiyozlar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati