Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Telekommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi

2021 yil 3 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Yu.Gafurov boshchiligida Farg‘ona viloyatidagi soha korxonalari rahbarlari hamkorligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Telekommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ochiq mashg‘ulot o‘tildi. Mashg‘ulot davomida “O’ztelekom” AK Farg’ona filiali mutaxassislari ishtirokida tizimdagi muammolar, optik tolali kabellarni payvandlash, tarmoq texnologiyalari, mobil aloqa qurilmalari nazorati, signallar bilan ishlash bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Tadbir davomida Uztelecom mobil operatori mas’ul hodimi Murodjon Qodirov talabalarga Uzmobile tarmoqlari haqida ma’lumot berdi va uztelecomning rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati