Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida Yoshlar ishlari agentligi Fag‘ona viloyati boshqarmasi hamda Farg‘ona Zakovat klubi bilan hamkorlikda tashkillangan “ZAKOVAT” bahslarining birinchi turi bo‘lib o‘tdi

2021-yil 24-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Yoshlar ishlari agentligi Fag‘ona viloyati boshqarmasi hamda Farg‘ona Zakovat klubi bilan hamkorlikda tashkillangan “ZAKOVAT” bahslarining birinchi turi bo’lib o’tdi. Mantiqiy fikrlash ham intelektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan ushbu loyiha ko’plab talabalar tomonidan qo’llab quvvatlandi. Zakovat bahslarining birinchi turini filialning Ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Tolipov ko‘tarinki ruhda ochib berdi. Filial talaba-yoshlaridan jami 23ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar ichidan birinchi tur natijalariga ko‘ra “Dream team” jamoasi peshqadamlik qilmoqda.