Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filalida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Janubiy Koreyaning NIA tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Axborot almashinuv markazi”ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi

2021 yil 30 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filalida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Janubiy Koreyaning NIA tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Axborot almashinuv markazi” ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yangi Axborot almashinuv markazini tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazir o‘rinbosari Egamberdiev Jamshid Sharifjonovich, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti iqtisod va moliya ishlari bo‘yicha prorektor Aripjanov Fayzulla Abdullaevich va Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti rahbari Yongshik Mun janoblari, ko‘tarinki ruhda ochib berdilar. Shu bilan birgalikda tadbirda, Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti mas’ul hodimlari hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sultanov Djamshid Baxodirovich, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direktsiyasi” MCHJ Ibragimov Farxod Zairovich, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini Rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati Hududiy boshqarmasi boshlig‘i Qurbonov Xalimjon Buvajonovich, Farg‘ona shahar hokim o‘rinbosari Boburjon Mo‘minov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori Rasulov Akbarali Maxammatovich, Filial Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha direktor o’rinbosari Tolipov Baxtiyor Xamitovich, Filial Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari Djalilov Baxromjon Odiljonovich, Filial Kompyuter injiniringi fakulteti dekani Otaqulov Oybek Xamdamovich, Filial Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti dekani Muxtorov Farrux Muxammadovich, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali NIA tashkiloti markazi mas’ul xodimi Rasulov Anvarjon Xabibullaevich, Filial kafedra mudirlari va professor- o‘qituvchilari, Filial talaba-yoshlari, Filial qoshidagi Akademik litsey o‘quvchilari va mahalla yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti rahbari Yongshik Mun hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazir o‘rinbosari Egamberdiev Jamshid Sharifjonovich, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti iqtisod va moliya ishlari bo‘yicha prorektor Aripjanov Fayzulla Abdullaevich, Farg‘ona shahar hokim o‘rinbosari Boburjon Mo‘minov online tarzda muloqot olib bordilar. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazir o‘rinbosari Egamberdiev Jamshid Sharifjonovich Axborot almashinuv markazining seminarlar uchun mo‘ljallangan honasida tahsil olayotgan mahalla yoshlari bilan hamda o‘quv honalarida tahsil olayotgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filial qoshidagi Akademik litsey o‘quvchilari bilan uchrashdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2020 yil 28-maydagi 74-f-sonli Farmoyishiga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filalida Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti bilan xamkorlikda beg‘araz ko‘mak mablag‘lar xisobidan “Axborot almashinuv markazi” tashkil etish belgilangan. Ushbu farmoyish bo‘yicha filialda direktor va direktor o‘rinbosarlardan tashkil topgan ishchi gurux tuzilib, xorijiy xamkorlar bilan tomonlar o‘rtasida ZOOM platformasida o‘tkazilgan bir qancha kelishuvlardan so‘ng filial ichki binosidan 450 m2 maydon ajratilgan va ushbu binoda NIA tashkilotining tanlovida g‘olib bo‘lgan qurilish firmasi o‘z ish faoliyatini olib bordi.

Ushbu markaz foydalanishga topshirilgandan so‘ng o‘zida yangi 5 nafar ish o‘rni hamda bir vaqtda 60 dan ortiq yoshlarni zamonaviy IT texnologiyalarga o‘qitish, frilanserlar bilan ishlash bo‘yicha monomarkaz sifatida ham faoliyat olib boradi. Markaz o‘zida jami 5 ta zamonaviy o‘quv hamda seminar va amaliyot auditoriyalarini qamrab olishi rejalashtirilgan.

Koreya Respublikasi hukumati, Ta’lim vazirligi AKT va kelajakni rivojlantirish vazirligi (MSIP) qoshidagi yordamchi tashkilot bo‘lgan Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) rivojlanayotgan mamlakatlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratadigan axborot markazi (IAC) loyihasini amalga oshirib kelmoqda. NIA tomonidan tashkil etilgan 43 mamlakatda axborot markazi (IAC) mavjud. Markaz talaba-yoshlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etish, ularni Axborot jamiyatiga jalb qilishni maqsad qilib olgan. Markazning maqsadi xalqaro miqyosida odamlar o‘rtasidagi axborot almashuv madaniyati va tadbirkorlik g‘oyalarini rivojlantirishdir.

Xalq so’zi gazetasidagi nashr