Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Аkademik litseyi o‘quvchilari bilan navbatdagi motivatsion uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-yil 16-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Аkademik litseyi o‘quvchilari bilan “Maʼnaviyat soatlari” doirasida navbatdagi motivatsion uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda litsey ijrochi direktori I.Mamajonov, Maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʼyicha direktor o‘rinbosari Sh. G‘ofurova, akademik litsey yoshlar ittifoqi yetakchisi D.Yuldasheva, filial Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Tolipov, O‘quv bo‘limi boshlig‘i Sh. Umarov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i А. Rayimov, filial Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlim fakulteti iqtidorli talabalaridan 3-bosqich talabasi O‘.Komilova, 2-bosqich talabalari D.Mahkamov, D.Bobojonov va 8 nafar pedagog xodimlar, 100 nafar litseyning 1 va 2-bosqich o‘quvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida O‘.Komilova o‘z tajribalari asosida o‘quvchi yoshlarga turli xil koʼrik-tanlovlarda ishtirok etish talablari, g‘oliblik motivatsiyasini o‘rtoqlashdi. D.Mahkamov 1-guruh nogironi bo‘lsada, qo‘lsiz avtomashina boshqara olishi, kompyuter texnikasini tuzata olishi kabi qat‘iyatlik, maqsadga erishishdagi matonat haqida gapirib o‘tdi. Filial talabasi, shuningdek, “Neftchi” futbol klubi hujumchisi D.Bobojonov esa futbol fintlarini ko‘rsatish bilan o‘quvchi yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga motivatsiya berdi. Bundan tashqari, uchrashuvda B.Tolipov, Sh.Umarov va А.Rayimovlar tomonidan oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish bo‘yicha maslahatlar, filialda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida maʼlumot, o‘quvchilarda motivatorlik xususiyatlarini shakllantirish, kasbga yo‘naltirish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.