Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Munozara” intelektual debat musobaqasi bo‘lib o‘tdi

2021-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari, Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari F. Qosimov hamda filial direktori – filial Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi А. Rasulovlar tomonidan tasdiqlangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha “Yo‘l xаritаsi””ning “Milliy g‘oya targ‘iboti va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash” bo‘limida keltirilgan chora-tadbirlarga asosan Farg‘ona shahridagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Munozara” intelektual debat musobaqasiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali mezbonlik qilmoqda.

Final bosqichi juda ko’tarinki ruhda o’tdi. O’yin so’ngida qizlardan iborat “Durri durron” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritgan bo’lsa, OTM talabalari oʻrtasida TATUFF ning “Alfraganus” jamoasi gʻolib boʻldi.