Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika onlayn fan olimpiadasining 1-bosqichi o‘tkaziladi

Hurmatli talaba-yoshlar! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Oliy ta’lim muassasalari talabalarining mutaxassislik va umumkasbiy fanlar bo‘yicha o‘z qobilyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, istedodlarini ro‘yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratish maqasadida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “O‘zbekiston uchinchi uygonish davrida -2021” deb nomlangan respublika online fan olimpiadasini 1-bosqichi o‘tkaziladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun fakultet dekanlari hamda Kafedra mudirlariga murojat qilishingiz mumkun.