Shu qutlug‘ ayyom – 8-mart bayrami bilan sizlarni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini, muhtarama onaxonlarimiz, qadrli opa-singillarimiz, go‘zal qizlarimizni chin qalbimdan muborakbod etaman.
Ayol borki – olam munavvar. Siz ayollar nafosat va nazokatingiz, vafo va sadoqatingiz, go’zallik va fidoyiligingiz bilan yer yuzini nurafshon etib turasiz.
Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz.
Sizlarga dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilayman. Qalbingiz doimo bahordek yashnab tursin!
Bayramingiz muborak bo’lsin!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali direktori, dotsent Muxtarov Farrux Muhammadovich