Xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan talabgorlar DIQQATIGA!

Endi xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan transfer.dtm.uz (http://transfer.dtm.uz/) tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham t-kontrakt.edu.uz (http://t-kontrakt.edu.uz/) platformasi orqali onlayn ariza berish hamda shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

Talabgorlar onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlari haqida ushbu video yo‘riqnoma orqali batafsil bilib olishlari mumkin.

Manba: edu.uz (https://t.me/eduuz)