O’zbekiston Respublikasining 2018 yil 15 oktyabrdagi “Fuqarolar yig’inlari raisi(oqsoqoli) saylovi to’g’risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Farg’ona tumanidagi sektorlar kesimida saylov jarayoniga tayyorgarlik, ishchi guruhning vazifalari, vakolatlari, munosib nomzodlarni tanlab olish bo’yicha, saylovlarni o’tkazish tartiblari bo’yicha 4- sektor ishchi guruhi bilan seminar uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Farg’ona tumani fuqarolar yig’inlari raislari(oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi tuman komissiyasi raisi Isakov Nazirjon Maxmudovich, tuman Maxalla va Nuroniylarni qo’llab quvvatlash bo’limi boshligi Baxodir Axmadjonov, TATU FF YoMMMIB direktor o’rinbosari A.Kadirov saylov qonunchiligi, nomzodlarga qo’yiladigan talablar, saylovlarni tashkil etish, saylov komissiyasi ishchi guruhi faoliyati bo’yicha tushuntirishlar berildi