Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.

Qarorda oliy ta’lim muassasalarining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish, ta’mirtalablarini rekonstruksiya qilish va foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Xususiy tashabbuskor “FAR EL-GAZ” MCHJ tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 400 o‘rinli talabalar turar joyini Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish jihozlash va boshqarish tashabbusi bildirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-537-son Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi  2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rektori tomonidan joriy yilning 5 aprelida tasdiqlangan.

Xususiy tashabbuskor tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabalarini zamonaviy, shinam turar joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so‘rov va takliflarni 2022-yil 21-may Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha haqida ma’lumot