Sirtqi bo‘lim talaba-yoshlari uchun Yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi

Ushbu tadbirni TATU Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muxammadovich tomonidan ochib berildi. Yangi yil bayrami davomida Hushovoz xonandalar o’zining jo’shqin qo’shiqlari bilan barchani ko’nglini hushnud etdi. Talaba-yoshlar sho’x qo’shiqlarga raqsga tushdilar. Yuqori kayfiyatda o’tgan bayram talabalarning unutilmas kunlaridan biri bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Sirtqi bo‘limi rivojiga hissa qo’shgan Sirtqi bo’lim boshlig’i Muhammadyunus Norinovga, Sirtqi bo’lim dekan o’rinbosari Ma’murjon Homidjonovga hamda uslubchi Axror Ergashevga va Sirtqi bo’limining bir qancha iqtidorli talabalariga TATU Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muxammadovich tomonidan tashakkurnoma, diplom hamda estalik sovg’alari topshirildi.