Dasturiy injiniring kafedrasi professor-o’qituvchilari N.Jo’rayev va R.Zulunovlar Qirg’iziston O’sh texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi

M.Adishev nomidagi O‘sh texnologiyalar universiteti Kibernetika va axborot texnologiyalari fakultetining taklifiga binoan hamda 2023-yil 7-yanvardagi imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasidagi ishlarni amalga oshirish maqsadida 2023-yil 13-dekabr kuni o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha «Davra suhbati» o‘tkazish rejalashtirilganligi munasabati bilan Dasturiy injiniring kafedrasi professor-o’qituvchilari N.Jo’rayev va R.Zulunovlar Qirg’iziston O’sh texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.

O’sh texnologiyalari universiteti prorektori Mamitov Ulug’bek Janishovich shaxsan o’zi mehmonlarimizni qarshi oldi.

Tashrifdan maqsad tajriba va fikrlar almashish, loyiha va tanlovlardagi ishtiroklar muhokamasi.