2021-yil 11-fevral kuni “Dasturiy injiniring” kafedrasini tajribali professor-oʼqituvchilari talabalar turar joyida TАTU Fargʼona filiali talabalari bilan sermazmun va qiziqarli uchrashuv oʼtkazdilar. Uchrashuvda kafedra mudiri Ravshanbek Zulunov, professor Аbdujabbor Аbdullaev va dotsent Baxtiyor Mirzakarimovlar qatnashdilar. Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi. Professor Аbdullaev Murojaatnomaning iqtisodiyotdagi moрiyatlarini talabalar uchun yoritib berdi.
2021-yil “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilinganligi va jamiyatimiz oldida shu yoʼnalishda turgan dolzarb vazifalar xaqida maʼlumot berildi. Maʼnaviy-maʼrifiy targʼibot tadbiri koʼtarinki ruhda oʼtkazildi va talabalarda aloxida qiziqish oʼygʼotdi.