Prezident raisligida 2024-yilning 5- fevral kuni ijtimoiy sohalarda ustivor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish bo’lib oʻtdi.
Unda davlatimiz rahbari Oliy taʼlim professional taʼlim hamda ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiya hamkorlik borasida eʼtibor qaratish zarur boʻlgan masalalarni hal etish muhimligi yigʻilishda ahohida takidlandi.
Bu borada TATU Farg’ona filiali hamda Farg‘ona shahridagi Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICA kasb-hunarga o‘qitish markazi bilan manfaatli uchrashuv o’tkazildi.
Mexatronika va robototexnika, Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishdagi talabalari uchun oliygoh hamda ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiyani ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirilishi yo’lga qo’yildi.
Yangi o’quv smestridan boshlab yo’nalishdagi talabalar bevosita uzviy bog’liqlikda o’quv jarayonlarini amalga oshiradilar.