TATU Farg‘ona filiali tashabbusi bilan Evropa Ittifoqining oliy ta’limni qo’llab quvvatlash xalqaro fondi-Erasmus+ loyihasining O‘zbekistondagi Milliy ofisi(NEO) tashkilotchilari (Koordinatorlari) tomonidan Farg‘ona vodiysi miqiyosida hududiy Axborot-uslubiy seminar-treningi o‘tkazildi

Ushbu seminarda respublikadagi Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) loyiha menejeri B.Abdusalomova tomonidan “Qanday qilib kuchli loyiha taklifini ishlab chiqish”, Loyiha ishtirokchisi, Andijon mashinasozlik instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori J.Rahmatillayev tomonidan “Tanlovli loyiha taklifining xususiyatlari”, Namangan muhandislik-qurilish instituti katta o‘qituvchisi M.Katayeva tomonidan “Xalqaro kredit mobilligi (ICM)”, Erasmus+ Milliy ofisi NEO loyihasi menejeri M.O‘tkurov tomonidan (HEREs) “O‘zbekistondagi OTMlar uchun Erasmus+ imkoniyatlari” mavzusida nazariy hamda amaliy taqdimotlar namoyish etilib, erishilgan tajribaviy yutuqlar va ko‘nikmalarga oid taklif-tushunchalar berildi.

Shuningdek, filial ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Polvonov, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘lim boshligi S.Zokirov hamda sohaga oid bo‘lim rahbarlari, doktorant, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etib qimmatli ma’lumotlar almashinuvi hamda bu borada o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, seminarda vodiyda joylashgan Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlaridagi oliy ta’lim vakillari offlayn, respublikadagi boshqa 20 dan ortiq OTM vakillari esa onlayn video- konferensiya formatida qiziqarli savol-javoblari bilan faol ishtirok etishlari ham tadbir nufuzi va samaradorligini yanada oshirdi.