Fakultet dekani: Nazarmatov Oxunjon Sotvoldievich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00 – 17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: +998 91 884 77 33
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Komilov Abdullajon Odiljon o’g’li
Qabul vaqti: Har kuni 15:00 – 17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: +998 97 555 43 23
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: Rayimov Abdulhamid Abdulxakimovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00 – 17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: +998 97 207 38 80
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Eragshev Shohbozjon Umarali o’g’li
Qabul vaqti: Har kuni 15:00 – 17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: +998 91 149 55 42
FAKULTET KAFEDRALARI
FAKULTETNING BAKALAVRIATURA YO‘NALISHLARI
Kunduzgi ta’lim shakli
FAKULTETNING MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI:
KAFEDRALAR VA YO’NALISHLAR
“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasida jami professor-o‘qituvchilar – 19 nafar (shu jumladan ayollar 4 nafar (14%))
Kafedra bo‘yicha ilmiy darajali (unvonli) lar soni 4 nafar (20 %).
60611000 -Telekommunikatsiya texnologiyalari (telekommunikatsiyalar)
Ushbu ta’lim yo‘nalishi telekommunikatsiya tizimlari, tarmoqlari va qurilmalari bo‘yicha bilim beruvchi yo‘nalish bo‘lib, unda ta’lim olgan mutahassislarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib borgan barcha sohalarda ehtiyoj mavjud.
60611400 -Pochta aloqasi texnologiyasi
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha talablar telefoniyaning barcha turlarini, paketli va kommutatsiyali uzatish tizimlarini, yuqori tezlikdagi va keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlari va bog‘lamalarini o‘rganadilar. Mijozlarga yuqori sifatli simli va tola-optik aloqa orqali internet, telefoniya, televidenie kabi hizmatlarni taqdim qilishni o‘rganadilar.
70611001 – Telekommunikatsiya injiniringi (teleradioeshittirish)
Ushbu mutahassislik bugungi kunda telekommunikatsiya tizimlarida ishlatiladigan keng polosali tarmoqlarni o‘tkazuvchanlik qobiliyatini, uning boshqa tarmoqlar bilan konvergensiyasini oshirish bo‘yicha yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydi. Magistratura bitiruvchilari telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish sohasida kasbiy faoliyatni samarali olib bora oladigan, shuningdek yuqori tezlikda katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydigan fizik jarayonlarni o‘rganuvchi va mavjud texnik yechimlarni takomillashtirish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.
“Iqtisodiyot va kasb ta’limi” kafedrasida jami professor-o‘qituvchilar – 14 nafar (shu jumladan ayollar 4 nafar (36%))
Kafedra bo‘yicha ilmiy darajali (unvonli) lar soni 5 nafar (36%).
60311300 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta‘limi
Ushbu ta’lim yo‘nalishi bakalavri pedagogik qayta tayyorgarlikdan o‘tgandan so‘ng o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitishi mumkin. Ta’lim yo‘nalishi bakalavri kasbiy tayyorgarlikdan keyin ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda magistraturada o‘qishni davom ettirishi mumkin. Shuningdek, bakalavr o‘rnatilgan tartibda mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borish mumkin.
60320400 – Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo’yicha)
Kafedrada davlat va universitet kutubxonalari, maxsus kolleksiyalar fondi, notijorat tashkilotlari, konsalting firmalari, ma’lumot yig‘ish va yetkazib berish agentliklari, axborot markazlari va boshqa davlat organlari uchun axborotlar fondi, elektron kutubxonalar va repozitoriylar yaratish va boshqarish, ma’lumotlarni qidirish va tahlil qilish sohalarida bakalavr bosqichida kadrlar tayyorlaydi.
LAVOZIM YO’RIQNOMALARI