Filial haqida

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliginining 2005 yil 14 iyundagi 130-son buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

2022 yil 18 dekabrdan filial direktori lavozimida texnika fanlari nomzodi (PhD) Muxtarov Farrux Muhammadovich faoliyat yuritib kelmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida 3 ta fakultet, sirtqi bo‘lim va 9 ta kafedra bo‘lib, 124 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 2 nafari fan doktori (DSc), professor, 48 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar bo‘lib, ilmiy salohiyat 40,3%ni tashkil qiladi.

Bugungi kunda filialda bakalavriaturaning kunduzgi ta’lim shaklida 2279 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 1658 nafar, masofaviy ta’lim shaklida 299 nafar, magistratura mutaxassisligida 41 nafar, jami 4277 nafar talaba va magistr tahsil olmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

Kunduzgi ta’lim shakli:

  • 60310500 – Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • 60320400 – Kutubxona – axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (AT-servis)
  • 60610600 – Dasturiy injiniring
  • 60610700 – Sun’iy intellekt
  • 60611000 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)
  • 60611300 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi
  • 60611400 – Pochta aloqasi texnologiyasi
  • 60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi
  • 60711500 – Mexatronika va robototexnika

Sirtqi ta’lim shakli:

  • 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (AT-servis)
  • 60610600 – Dasturiy injiniring
  • 60611000 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)
  • 60611400 – Pochta aloqasi texnologiyasi

Masofaviy ta’lim shakli:

  • 60610500- Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • 60610600 – Dasturiy injiniring

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlaydi:

  • 70610302 – Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • 70610501 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish)
  • 70610601 – Dasturiy injiniring
  • 70611001 – Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish)
  • 70611401 – Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi

Bituruvchilar ish faoliyati

Filialda 2021-2022 o`quv yili yakunlanishi bilan 368 nafar bitiruvchilarga hayotga yo`llanma berildi. Ular mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, xalq ta’limi, oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, bank va moliya tuzilmalarida faoliyat yuritadilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali murojaat ma’lumotlari:

Direktor: Muxtarov Farrux Muhammadovich

Manzil: Farg’ona shahar, 150118, Mustaqillik ko’chasi, 185-uy

Telefon: 8 (373) – 226-82-09

Faks: 8 (373) – 226-82-09

Veb sahifa manzili: www.tatuff.uz

E-mail: info@tatuff.uz