✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish mavsumida filial hududlariga ko‘chatlarni ekish tadbirlari davom etmoqda.
🌳 Mazkur umummilliy loyiha doirasida filialimiz direktori A.Rasulov boshchiligidagi professor o’qituvсhilar, tyutorlar va talaba-yoshlar tomonidan filialning asosiy binosiga va 2-binosiga ko’chatlar ekildi.
🌿Filialimizda jami 100 tup kashtan, 50 tup shumtol, 30 tup lipa, 55 tup katalpa, 55 tup zarang, 120 tup sosna, 50 tup mojebelnik archa ko’chatlari ekildi.








