Yoshlar ertangi tayanchimiz!

2021-yil 3-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga Toshkent shahridagi INHA universiteti rektori Jalolov Muzaffar Muhitdinovich, Toshkent shahridagi AMITI universiteti rektori Abdullaev Bobur Sagdullaevich, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sadullaeva Shaxlo Azimbayevnalar tashrif buyurdilar. Tashrif mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida oliy ta’lim muassalaridagi bugungi o‘zgarishlar, erishilayotgan natijalar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari shuningdek ertangi kunimiz bo‘lgan yoshlar faoliyati bilan qiziqishdi. Ma’lumki, har qanday jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi eng katta kuchi, ushbu jamiyatning kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol rivojlanishidir. Shu ma’noda bugungi tashrif doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialidagi iqtidorli talabalar bilan suhbat olib borildi. Suhbat jarayonida talabalar tomonidan o‘zlarining yaratayotgan dasturiy mahlulotlari, ertangi rejalari, soha korxonalar bilan amalga oshirilayotgan hamkorliklari yuzasidan fikrlar bildirishdi.