Ta’lim tizimidagi islohotlar

2021-yil 3-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga Toshkent shahridagi INHA universiteti rektori Jalolov Muzaffar Muhitdinovich, Toshkent shahridagi AMITI universiteti rektori Abdullayev Bobur Sagdullayevich, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sadullayeva Shaxlo Azimbayevnalar tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida filialning iqtidorli talabalari bilan bir qatorda filialning barcha professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv jarayonida Toshkent shahridagi INHA va AMITI universitetilarining o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlari yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati bog‘liq xorijiy hamkorlar yuzasidan keng fikr almashildi.