February 26, 2024

Day

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich filialning 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talaba-yoshlar hayoti bilan tanishdi. Uchrashuv davomida yoshlar hayot tarzi, oʻquv jarayonilari hamda TTJda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, shu bilan birga u yerdagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan suhbat olib borildi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida ilmiy-innovatsion faoliyat samaradorligini yanada rivojlantirish maqsadida filial miqyosidagi ilmiy seminarlar doimiy tashkillangan. Kompyuter tizimlari va Axborot texnologiyalari kafedralarining katta o’qituvchilari J.Suyumov va O.Porubaylar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari muhokamasi yuzasidan navbatdagi ilmiy-seminar bo’lib o’tdi.
Read More
Fargʻona viloyati musiqali drama teatriga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining Kompyuter injiniringi fakulteti tyutorlari va talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillash maqsadida O‘zbekiston xalq artisti va Qoraqolpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Yorqinoy Xatamovaning 83-yillik tavallud kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ishtirok etdilar.
Read More
21-fevral kuni Farg’ona viloyati Marg’ilon shahar Raqamli Texnologiyalar Markazida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonda biznes va elektron tijorat ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston FinTech uyushmasi tomonidan ayollar uchun ishlab chiqilgan va ilgari surilayotgan intensiv treningda Kompyuter injiniringi fakulteti 613-21 guruh talabalari Ilxomjonova Barno, Shamatova Sayyora, To’xtasinova Gulsoraxonlar faol ishtirok etdib sertifikat bilan taqdirlandilar.
Read More