Caption Aligned Here

Blog Full Right Sidebar

Xabaringiz bor, 2023-yil yakunida Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash telegram kanalida (https://t.me/YQQUZB_KANAL/14700) eng yaxshi OTM rektori va direktorini aniqlash maqsadida an‘anaviy ovoz berish tanlovi o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz bo‘ylab barcha talabalar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdilar. Ovoz berish natijalariga ko‘ra “YILNING ENG YAXSHI FILIAL DIREKTORI” g’olibi sifatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori...
Read More
Tashrifi chog’ida E.Abulboqiyev talabalarga yaratilgan shart-sharitlar va zamonaviy student office, madaniyat saroyi, axborot-resurs markazi hamda Kiberxavfsizlik markazi bilan yaqindan tanishdi.
Read More
O‘zbekiston-Latviya hamkorligida ochilgan ISMA universiteti Farg‘ona filiali hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish maqsadida Latviya Respublikasi Riga texnologiyalar universiteti Energiya va axborot texnologiyalari fakulteti professori, doktor Caiko Jelena Valirevna taklif etildi. Tashrif mobaynida professor, doktor Caiko Jelena Valirevna tomonidan “Xalqaro startaplarning usullari va imkoniyatlari” mavzusida filialning professor-o‘qituvchilariga o‘quv seminari o‘tkazildi....
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan filial sirtqi bo‘limi talabalariga, yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakillantirish maqsadida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” “Korrupsiya millat taraqqiyotining kushandasi” mavzusida davra suhbat o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida korrupsiya, uni keltirib chiqaradagan omillar, oqibatlari to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Shuningdek, maishiy korrupsiya, uning ko‘rinishlari to‘g‘risida misollar...
Read More
Xalqaro shartnoma va memorandum tuzish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158 sonli farmon ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston-Latviya hamkorligida ochilgan ISMA Farg‘ona filiali vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida akademik almashinuv va stajirovka hamda professor-o‘qituvchilarni horijda Riga texnika universitetida malaka oshirish bo‘yicha hamkorligini yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.
Read More
1 36 37 38 39 40 321