Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabasi “Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi” loyihasida ishtirok etdi

Yosh qizlarga axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish, ular orasida STEM (Science Technology Engineering Mathematic) Ilmiy texnologiya muhandislik matematikasi sohasini mukammal targ‘ib qilish, gender tenglikni mustahkamlash, ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularga sifatli ta‘lim berish va STEMda ayollar va qizlar jamiyatini yaratish orqali mintaqada innovatsiyalarni kashf qilish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi va Birlashgan millatlar tashkilotining hamkorlikdagi “Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi” qo‘shma loyihasi doirasida Andijon, Namangan va Farg‘onadagi qizlar va ularning ustozlari (mentorlari) uchun joriy yilning 27 avgustidan 15 dekabriga qadar “Technovation Girl” xalqaro dasturining har haftalik bepul onlayn treninglari o‘tkazildi. Ushbu treninglar asosida tanlovlar tashkil etildi. Tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Dasturiy injiniring yo‘nalishi 651-18 guruh talabasi Komilova O‘g‘iloy ham o‘z ishlanmalari bilan ishtrok etdi va munosib taqdirlandi.