Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mamadjanova Dilbar Rahmatovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-yil 2-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali kichik majlislar zalida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mamadjanova Dilbar Rahmatovna bilan “Saylov kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” filial talaba-yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda filial talaba-yoshlariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi haqida va bugungi kundagi yoshlar uchun imkoniyat yaratish maqsadida yaratilayotgan yangi qonunlar , saylov kodekslari yuzasidan deputat Mamadjanova Dilbar Rahmatovna nutq so‘zladi va yoshlar bilan keng qamrovli suhbat olib bordi. Filial talaba-yoshlari ushbu uchrashuvda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.