Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 martdagi 87-01-193-sonli xati ilovasi asosida hamkor tashkilotlar bilan “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz”, “Yoshlar – sog‘lom hayot tarzi tarafdori” mavzularida davra suhbati 2019 yilning 27 mart kuni filial akademik litseyida bo‘lib o‘tdi.
Unda hamkor tashkilotlardan O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar diniy idorasi Farg‘ona viloyat vakilligiga qarashli Farg‘ona shaxar “Ahmadjon qori” jome’ masjidi imomi noibi Q.Rahmatov, filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov va filial akademik litseyi talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Shuningdek 2019 yilning 2 aprel kuni filialning katta majlislar zalida Farg‘ona shahar “Ahmadjon qori” jome’ masjidi imomi noibi Q.Rahmatov, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Holmatov, filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov va 180 nafar (611-16, 613-17, 617-15,17, 630-17, 631-17, 640-16 guruh) talaba-yoshlar ishtirokida yuqoridagi mavzularda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda talaba-yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, jinoyatlar, ahloqiy buzuqliklarga qarshi kurashish mavzularida ham yig‘ilganlarga ma’lumotlar berildi.
Filialda o‘tkazilgan “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbati fotolavhalari.