Bo’lim boshlig’i

Akramov Shohruh Shuhratjon o‘g‘li

Qabul vaqti: Dushanba – Juma (14:00-16:00)

Telefon: (+99873)226-82-74

E-mail: shohruhakramov46@gmail.com


Ta’lim xizmatlari bozorida filialningning faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini is’temolchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish, hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limning vazifalari:

– ta’lim xizmatlari bozorida filial faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish;

– amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash;

– amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish;

–  reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash;

– bitiruvchilarni ishga taqsimlash, joylashtirishni amalga oshirish va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish;

– filialda talaba va ish beruvchilarni bir-biriga bog‘lovchi “Karera markazi”ni tashkil etish;

– “Karera markazi”ga hamkor korxona va tashkilot vakillarining kelishlari, filial talabalarini seleksiya ishlarini amalga oshirishlari uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish;

– mehnat organlari, tegishli ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o‘rinlari yarmarkalari, karera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;

– qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olish;

– marketing va talabalar amaliyoti masalalarini yechish va tahlil qilishni ta’minlash;

– qabul kvotalarini shakllantirish bo‘yicha marketing ishlarini olib borgan holda har yili ish beruvchilardan olingan buyurtmanomalar asosida kelgusi yildagi qabul uchun prognozni shakllantirish va rahbariyatga ma’lumot kiritishdan iborat.

Namunaviy obektivkaYuklab olish
Resume hujjatlari namunasiYuklab olish
Talabalarga tavsiyalarYuklab olish