Bo‘lim boshlig‘i: Narimonov Boburmirzo Ulug’bek o’g’li
Qabul vaqti: Dushanba – Chorshanba – Juma ( 14:00-17:00 gacha)
Tel: +998(97) 548-99-10
E-mail: narimonov96@list.ru
IQTIDORLI TALABALAR ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO’LIMI VAZIFALARI:
– iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
– ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning intelektual salohiyatini muntazam ravishda aniqlab borish;
– iqtidorli talabalarning moyilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni uyushtirish;
– chet tili va kompyuterni mukammal egallash maqsadida mashg’ulotlarni tashkil etish;
– fundamental ilmiy-tadqiqot ishlariga, ilmiy to’garaklarga va mualliflik jamoalariga jalb qilishni uyushtirish;
– iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalarini chop etishga, hamda ularning ilmiy ishlari va lmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etishda ko’maklashish;
– iqtidorli talabalarni respublika va halqaro miqyosda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash hamda
xorijiy davlatlarga o’qishga va stajirovkaga yuborishni tashkil etish;
– iqtidorli talabalar safidan O’zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni maxsus tayyorlash;
– iqtidorli talabalarni ilm va fan arboblari, ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari va yirik mutaxassislari bilan
uchrashuvlarini tashkil etish;
– iqtidorli talabalar uchun ixtisoslik bo’yicha kasb o’yinlarini tashkil etish;
– iqtidorli talabalar o’rtasida muntazam ravishda sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazib turish;
– marketing tadqiqotlari, buyurtmachilar talablarini chuqur o’rganish va tashkil qilayotgan ta’lim xizmatlari banki asosida iqtidorli talabalarga bozor kon’yukturasini belgilovchi fanlarni tanlashda yordam ko’rsatish;
– zamonaviy axborot tizimidan foydalanishga shart-sharoitlar yaratish.
Filial iqtidorli talabalarining 2020-2021 o’quv yilida
davlat va nomli stipendiyalar hamda boshqa tanlovlarda erishgan natijalari
Filial iqtidorli talabalarining Startap loyihalarida ishtiroki
1.Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali dasturiy injiniringi yo‘nalishi talabasi Komilova O‘g‘ilxon “Tashxis.uz” loyixasi bilan “Unicorns” startap akseleratorida 50 mln so‘m soxibi bo‘ldi
2. “Tashxis.uz” loyixasi bilan “Juststart” startap akseleratorida 5000 $ soxibi bo‘ldi
3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali dasturiy injiniringi yo‘nalishi talabasi Musoxon Qo‘qon universitetida o‘tkazilgan “TechnoWays” tanlovida yeng yaxshi texnologik yechim nominasiyasida 30 mln soxibi bo‘ldi
3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabasi Kenjayeva Farangiza “Tumaris.tech”, “UrbanTech” startap akseleratorida sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
4. . Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabasi Yetmishboyev Shaxzodbek “Eng yosh olim” tanlovi g’olibi bo’ldi.
Filial talabalarining to’garaklarga jalb etilishi
Filialda faoliyat olib borayotgan 8 ta kafedra qoshida ja’mi 28 to’garak (27 tasi fan, 1 tasi sport to’garagi) tashkil etilgan bo’lib, to’garaklarga 352 nafar talabalar jalb etilgan.
Filial iqtidorli talabalarining fan olimpiadalarida ishtiroki
Ijtimoiy tarmoqlarda filial iqtidorli talabalari faoliyat olib borayotgan axborot kanallari: