Bo’lim boshlig’i
Xusanova Moxiraxon Qurbonaliyevna
Telefon: (0 373) 226-82-74
Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limning vazifalari:
– ta’lim xizmatlari bozorida filial faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish;
– amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
– amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish;
– reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash;
– bitiruvchilarni ishga taqsimlash, joylashtirishni amalga oshirish va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish;
– filialda talaba va ish beruvchilarni bir-biriga bog‘lovchi “Karera markazi”ni tashkil etish;
– “Karera markazi”ga hamkor korxona va tashkilot vakillarining kelishlari, filial talabalarini seleksiya ishlarini amalga oshirishlari uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish;
– mehnat organlari, tegishli ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o‘rinlari yarmarkalari, karera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;
– qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olish;
– marketing va talabalar amaliyoti masalalarini yechish va tahlil qilishni ta’minlash;
– qabul kvotalarini shakllantirish bo‘yicha marketing ishlarini olib borgan holda har yili ish beruvchilardan olingan buyurtmanomalar asosida kelgusi yildagi qabul uchun prognozni shakllantirish va rahbariyatga ma’lumot kiritishdan iborat.
Namunaviy obektivka | Yuklab olish |
Resume hujjatlari namunasi | Yuklab olish |
Talabalarga tavsiyalar | Yuklab olish |