Bo’lim boshlig’i

Rayimov Abdulhamid Abdulhakimovich

Tel:   (+99873) 226-82-33

E-mail: abdulhamid-250@umail.uz


Muhammad al-Xorazmiy TATU Farg‘ona filialida 2005-yil 14-iyunda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashkil etilgan. Hozirgi kunda Kadirov Abdumalik Matkarimovich Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, lavozimida ishlab kelmoqda.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi 3 ta shtat birligi asosida 3 nafar hodim faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, qonunlariga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarorlari, buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy xujjatlariga, Filial ustaviga, Filial rahbariyatining buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Filial Kengashi qarorlarini, Filial direktorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyat hokimligi va davlat tashkilotlaridan yuborilgan xat va topshiriqlar asosida ham ishlar olib borish hamda ijrosini ta’minlaydi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida har bir bayramlarda hamda talaba-yoshlar ishtirokida tashkillangan tadbirlar filialaning matbuot kotibi tomonidan ommaviy axborot vositalariga, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilib borilishini nazorat qiladi.

Filial ustavi, ichki-tartib qoidalalari, odob-ahloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishi nazoratga oladi.

Filial kafedralarib, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlari, psixolog, ARM xodimlari bilan hamkorlikda talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida taniqli san’atkorlari, sport ustalari bilan uchrashuvlar, ochiq muloqatlar, tadbirlar tashkil etadi.

Fan to‘garalari faoliyatiga oid xujjatlarni yuritilishni nazorat qiladi.

Iqtidorli, ijodkor va jamoatchi talabalarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etgan xolda turli tadbirlar o‘tkazadi.

Talabalar turar joyida yashovchi va honodonlarda ijarada turuvchi talabalar o‘rtasida doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy tushuntirish ishlarini tashkil etadi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga hokimyat tomonidan biriktirilgan mahallalar bilan hamkorlikda ishlar olib boradi.

Filialda bo‘lim tomonidan o‘ttizdan ortiq davlat tashkillotlari ya’ni IIB xodimlari, Farg‘ona viloyati narkologiya dispanseri vrachlari, Farg‘ona viloyati OITSga qarshi kurashish markazi shifokorlari, masjidi imomlari, Adliya xodimlari bilan professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuvlar, davra suhbatlari, shuningdek huquqbuzalik, jinoyatchilik, giyohvandlik, diniy ekstremizm holatlarini oldini olish yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi.

Teatr, kinoteatr, muzeylar, tarixiy obidalarga talabalarning tashriflarini uyushtiradi.

Ijarada yashovchi talabalarni yashash joylari, sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha filial tyutorlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlarni tahlil qilib boradi.

Filialning barcha binolari va talabalar turar joylarida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning navbatchilik jadvallari tuzish va nazoratga oladi.

Shu bilan birga bo‘lim tomonidan filialda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida filial hududini obodonlashtirish va sog‘lom ekologik muhitni yaratadi.

Lavozim yo’riqnomalari