Axborot xizmati rahbari (Matbuot kotibi)

Jarqinboyev Shoxboz Bahodir o’g’li

Qabul vaqti: Chorshanba – Shanba, 13:30 – 16:30

Telefon: (91) 684 -80-10


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Axborot xizmati rahbari (Matbuot kotibi ) faoliyati

Axborot xizmati rahbari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita filial direktoriga bo‘ysunadi.

Axborot xizmati rahbari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga. “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari va qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyruqlariga hamda o‘z Nizomiga amal qiladi.

Axborot xizmati rahbari o‘z faoliyatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, filialning tarkibiy bo‘limlari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Axborot xizmati rahbarining asosiy vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar Axborot xizmati rahbari ning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda universitet rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

  • axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
  • keng jamoatchilikni universitet faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy xujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
  • ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, universitetda ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
  • filialning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda filial tarkibidagi bo‘limlardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarkatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

filial faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida universitet rahbariyatiga axborot berish:

filialning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

Axborot xizmati rahbari o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi, shuningdek, ularning veb-saytlarda, xamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish hamda yangilab borishni ta’minlaydi;

Filial rahbarlari ishtirokida tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi;

OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda, shu jumladan, elektron shaklda axborot takdim etadi;

OAVga taqdim etish zarur bo‘lgan axborotni filialning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda to‘g‘rilaydi va ularni puxta ishlaydi;

filial faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi;

filial veb-saytini tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritilishini ta’minlaydi;

filial faoliyati yoritilgan materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;

filial faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Axborot xizmati rahbari o‘z vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda OAVning filial faoliyati tug‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

Axborot xizmati rahbarining huquqlari va burchlari

Axborot xizmati rahbari o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Axborot xizmati rahbari vazifalari va funktsiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni universitet tarkibidagi bo‘limlaridan belgilangan tartibda so‘rab olish;

Filialning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshka tadbirlarida qatnashish, qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun universitet rahbariyati bilan kelishilgan holda filial bo‘limlari xodimlarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar mutaxassislari va malakali ekspertlarini jalb etish;

rahbariyatning topshirig‘iga asosan davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda Axborot xizmati rahbari vakolatiga taalluqli masalalar buyicha universitet nomidan vakillik qilish;

filialning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Axborot xizmati rahbari faoliyati masalalari buyicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chikishi uchun kiritish;

Axborot xizmati rahbari o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;

filialga tegishli bo‘lmagan axborotlarni tarqatish konunda belgilangan tartibda javobgarlik belgilanadi.

Axborot xizmati rahbarining faoliyatini tashkil etish

Axborot xizmati rahbari filial direktori tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.

Axborot xizmati rahbari ning ish faoliyati filial direktori tomonidan tasdiqlanadigan ish reja asosida tashkil etiladi.

Axborot xizmati rahbari bevosita filial direktoriga bo‘ysunadi.

Lavozim yo’riqnomasi