Xodimlar bo’limi boshlig’i

Raxmatov Baxtiyor Axatovich

Tel: (0373) 226-82-57

E-mail: raxmatov.baxtiyor1976@gmail.com


Xodimlar bo’limi xodimlarining xizmat lavozimiga muvofiq vazifalari:

TATU Farg’ona filiali xodimlar bo’limi universitetining tarkibiy bo’limi hisoblanadi. Xodimlar bo’limi filial Ustaviga, mazkur Nizom asosida ish yuritadi, o’z amaliy faoliyatida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, filial buyruq va ko’rsatmalarini dasturda amal qiladi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, prezident Farmoyishlarni, Vazirlar Maxkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi qarorlarni amalda qo’llangan holda filial rahbariyati bilan birgalikda kerakli mutaxassislikka va malakaga ega bo’lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o’qituvchilar va xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.

Xodimlar bo’limi tarkibida ish turlari bo’yicha quyidagi guruhlar belgilanadi.

  • Professor-o’qituvchilar, o’quv yordamchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchilar tarkibi bilan ishlash;
  • Talabalar va yosh mutaxassislar bilan ishlash;

Bo’lim boshlig’i

  • Xodimlar bo’limi boshlig’i filial direktori tomonidan ishga tayinlanadi va bo’shatiladi;
  • Xodimlar bo’limi boshlig’i lavozimida oliy yoki o’rta-maxsus ma’lumotli kadrlar ishida kamida 5 yil stajga ega bo’lganlar ishga qabul qilinadi;
  • Xodimlar bo’limi boshlig’I O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, filial Ustaviga, xodimlar bo’limi Nizomiga hamda lavozimiy yo’riqnomaga amal qilishi zarur;
  • Xodimlar bo’limi filial nomlari yozilgan dumaloq muxrga ega.

Xodimlar bo’limining vazifalari:

  • Fakultetlar, kafedralar va boshqa tashkiliy tuzilmalarni kerakli mutaxassislik va tajribaga ega bo’lgan, ish saviyasi va uslubi talablarga javob bera oladigan xodimlar bilan ta’minlashni tashkillash;
  • Professor-o’qituvchi va xodimlarni ishga olish, ishdan bo’shatish, lavozimlarni o’zgartirish, rag’batlantirish va jazolash masalalarini muvofiqlashtirish;
  • Professor-o’qituvchi, xodimlar va talabalar ish intizomini, ichki tartib qoidalari va O’zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini nazorat qilish;
  • Moliya-reja bo’limi bilan birgalikda shtatlar jadvalini muvofiqlashtirish;
  • Kadrlar masalasi bo’yicha boshqa tashkilot va muassasalar bilan doimiy aloqada bo’lish;
  • Kadrlar bo’limi xodimlarining ishlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
  • Professor-o’qituvchi va xodimlarning imzolarini tasdiqlash;
  • Kerakli buyruqlarni tegishli xujjatlarga asosan o’z vaqtida tayyorlash va ro’yxatga olish hamda nusxalarni tegishli dekanat va bo’limlarga yetkazishni muvofiqlashtirish;
  • Kadrlar bo’yicha hujjat va ma’lumotlarni o’z vaqtida o’rnatilgan tartibda tegishli tashkilotlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
  • Professor-o’qituvchi va xodimlarga zarur bo’lgan hujjatlarni, talabalarning diplomlari va ilovalarni o’z vaqtida tayyorlanishini tashkillash, T-2 kartochkalarini belgilangan tartibda olib borishni nazorat etish;
  • Xodimlarning ishga o’z vaqtida kelib-ketishlarini va ish joylarida mavjudliklarini nazorat qilishni boshqarish.

Xodimlar bo’limi inspektorining vazifalari

  • Shaxsiy tarkibni hisobga olish bilan bog’liq hujjatlar bilan ishlash;
  • Mehnat daftarchalariga tegishli yozuvlarni o’z vaqtida qayd qilish;
  • Xodimlarga shaxsiy ish jildini yuritish;
  • Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni tayyorlash;
  • Professor-o’qituvchi va xodimlar kontingentini aniq ro’yxatga olish va xarakat daftarini yuritish;
  • O’rnatilgan tartibda hujjatlarni arxivga topshirish;
  • Xodimlarning mehnat ta’tillari jadvalini tuzish;
  • Shaxsiy tarkibga doir hujjatlar bilan ishlash;
  • Maxsus kartochka va daftarlarga tegishli yozuvlarni qayd qilish;
  • Xodimlarning shaxsiy jildlariga tegishli buyruq nusxalarini tikish;
  • Kasallik varaqalarni ro’yxatga olish va buxgalteriyaga taqdim etish;
  • Mexnat daftarchalari ochish, qabul qilish va topshirish;
  • Boshqa tashkilotlardan kelgan xatlarga javob va ma’lumotnomalar tayyorlash
  • Talabalar kontingentini aniq ro’yxatga olish;
  • Har oy, chorak, yarim va to’la yillik kontingenti xarakatini olib borish;
  • Boshqa tashkilotlardan tushgan so’rovnomalarga o’z vaqtida javob tayyorlash;
  • Yangi qabul bo’yicha talabalar hujjatlarini qabul qilish;
  • Bitiruvchilarga tegishli hujjatlar taqdim etilishini qayd qilish;
  • Sobiq talabalar hujjatlarini belgilangan muddatlarda o’rnatilgan tartibda arxivga topshirish;
  • Talabalar kontingenti bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash;
  • Talabalarga tegishli buyruqlar nusxalarini ularning shaxsiy jildlariga tikish;
  • Boshqa tashkilotlardan kelgan xatlarga javob va ma’lumotnomalar tayyorlash.
  • Har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoyalash bo’limiga kvota joylar xaqida va ishchilar tarkibi xaqida ma’lumot berish;
  • Nafaqa yoshiga yetgan professor-o’qituvchi va xodimlarning taqdimnoma va xujjatlarini to’g’ri tayyorlash va turar joylari bo’yicha pensiya tayyorlash ijtimoiy-ta’minot bo’limlariga topshirilishini nazorat qilish;
  • Filialdagi barcha toifali o’qituvchi va xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobini olib borish;

Lavozim yo’riqnomalari: