Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti kengashi raisi, Filial direktorining yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi:
Nabijonov Aʼzamjon Rustamjon oʻgʻli
Telefon: +998930520623
Email: azamjonn02@gmail.com
Boshlang‘ich tashkilotning maqsad va vazifalari
Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi ta’lim muassasalarida yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo‘lib yetishiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
Boshlang‘ich tashkilot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
– yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milly qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;
– yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;
– oliy ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, ta’lim sifati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, davomati, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib borish, yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etishda ko‘maklashish;
– yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o‘rganishi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
– iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;
– imkoniyati cheklangan hamda maxsus ehtiyojli yoshlarning inklyuziv ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash;
– notinch oila farzandlari, tarbiyasi og‘ir va nosog‘lom muhitga tushib qolgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan talabalarni ta’lim jarayoniga qaytarish, qizlar o‘rtasida erta nikohlarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borish;
– yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
– yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
– yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli illatlar, axborot hurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik, va ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
– oliy ta’lim muassasasi yoshlari o‘rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning o‘zlari yashayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashrifini uyushtirish;
– yoshlar, ayniqsa, qiz bolalar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va turli sport musoboqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;
– yoshlarga tibbiy madaniyat, xususan, kasalliklardan himoyalanish yo‘llarini keng tushuntirishga qaratilgan targ ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;
– yoshlar o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.