Bo‘lim boshlig‘i
Ergasheva Shaxnoza Ulashevna
Qabul vaqti: Seshanba – Payshanba (10:00-15:00 gacha)
Muhammad al-Xoraziy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining vazifalari.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi filialning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, iqtidorli talabalarni izlash va aniqlash bo‘yicha faoliyatini amalga oshiradi. Filialda malakali kadrlar yetishtirish yo‘nalishidagi faoliyatida bo‘lajak mutaxassislarning sohaga oid masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan.
Filial talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish bo‘limi filialning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyati ta’lim tizimining zamonaviy talablari hamda ko‘p yillik tajribaga tayangan holda tashkil qilinadi. Bunda, talabalarning tegishli fan sohalari bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba, shuningdek, mavjud ilmiy-nazariy manbalar bilan tanishishi va ulardan foydalanishiga yaqindan ko‘mak beradi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyati mobaynida quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra ish olib boradi:
Shuningdek,
Filial iqtidorli talabalarining 2022-2023 o’quv yilida davlat va nomli stipendiyalar hamda boshqa tanlovlarda erishgan natijalari
Filial iqtidorli talabalarining Startap loyihalarida ishtiroki
1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali dasturiy injiniringi yo‘nalishi talabasi Musoxon Qo‘qon universitetida o‘tkazilgan “TechnoWays” tanlovida yeng yaxshi texnologik yechim nominasiyasida 30 mln sohibi bo‘ldi.
2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabasi Yetmishboyev Shaxzodbek “Eng yosh olim” tanlovi g’olibi bo’ldi.
3. Ideaton musobaqasi yoʻnalishlari boʻyicha TATU Fargʻona filiali gʻoliblari:
🟢 Isaqjonov Lazizbek – “MIES” loyihasi
🟢 Isroilov Murodjon Ikromjon oʻgʻli – “MNI” loyihasi
🟢 Akbarova Mohigul Asrorjon qizi – “Innovatsion tarzda gazlardan zaxarlanishni oldini olish qurilmasi” loyihasi
🟢 Sobirova Kamola Abduvoxid qizi – “Smart oʻt oʻchiruvchi mashina” loyihasi
🟢 Obidjonov Zafarjon Odiljon oʻgʻli – “BioVirtual” loyihasi
Filial talabalarining to’garaklarga jalb etilishi
Filialda faoliyat olib borayotgan 9 ta kafedra qoshida ja’mi 57 to’garak (54 tasi fan, 3 tasi sport to’garagi) tashkil etilgan bo’lib, to’garaklarga 548 nafar talabalar jalb etilgan.