Bo’lim boshlig’i
Toshpulatov Sherali Muhammadaliyevich
Telefon: +998933777748
E-mail: toshpulatovsherali12@gmail.com
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Xalqaro aloqalar bo’limining asosiy maqsadi universitetda xalqaro hamkorlik uchun koʻp tilli va koʻp madaniyatli muhitni yaratish, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish orqali universitetni xalqaro taʼlim makoniga integratsiya qilishdan iborat. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish va uni yetakchi mamlakatlar qatoriga qo‘shish maqsadida bir qator xorijiy mamlakatlarning universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelinmoqda. Jumladan, Bangladesh, Belorussiya, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, va Ozarbayjon davlatlarining oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnoma va memorandumlar imzolangan. Shuningdek, mahalliy OTMlar bilan memorandumlar imzolanib, o‘quv jarayonlarida o‘zaro ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlar olib borilmoqda. Mazkur xujjatlar doirasida do‘stona va samarali hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Universitet talabalariga zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim bilan birlashtiradigan ilmiy markazlar tashkil etilgan. Filialda Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti bilan hamkorlikda “Axborot almashinuv markazi” faoliyat yuritmoqda. O‘quv jarayoni mobaynida xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislar ta’lim jarayoniga jalb qilinmoqda.
O‘quv yili mobaynida Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Polvonov B.Z. qisqa muddatli stajirovka maqsadida Turkiyaning Anqara universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida universitet rahbariyati bilan qizg‘in muzokaralar olib borilib, professor-o‘qituvchi hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy stajirovkalarni tashkillash masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
TATU Farg‘ona filiali Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Xonturaev S.I. hamda Pulatov G‘.G‘. Xindiston davlati “Indian technical and economic coopperation” universitetiga ilmiy stajirovkaga borish uchun grant yutib olib, “Big data va machine learning” kurslarida o‘qib kelishdi.
Filialimizning 612-20 guruh 4-bosqich talabasi Boliboev R.G‘. Slovakiya Respublikasining Milliy stipendiya dasturi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, ERASMUS+ study stay grand sovrindori bo‘ldi. 2024-yilning 12-fevraldan 15-iyunga qadar Slovakiya texnologiyalar universitetining Informatika va axborot texnologiyalari fakultetida Kompyuter tizimlari, Ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlari, Axborot xavfsizligi tamoyillari fanlaridan tahsil olib qaytadi.
Lavozim yo’riqnomalari: