Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i

Onarkulova Dildora Aleksandrovna

Telefon: +998999936676

Elektron manzili: dildoraashurbekova@gmail.com

Ichki nazorat va monitoring bo‘limining asosiy vazifalari.

  • TATU Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Xay’at qarori, buyruqlari va boshqa hujjatlari, shuningdek filial ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilishi monitoringini olib borish;
  • filial professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi xodimlar tarkibi ichki inspektsiyasini tashkil qilish va o‘tkazish;
  • kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy xujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;
  • filialda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • filialning boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
  • filial bo‘yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;
  • filialda o‘quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • professor-o‘qituvchilar faoliyatini baxolashning reyting usullarining tashkil etilishini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish va xal qilish bo‘yicha aniq faktlarni filial rahbariyatiga taqdim etish;
  • filial fakultetlari va kafedralarida hamda bo‘limlarida ta’lim standartlari va ta’limga oid me’yoriy hujjatlariga amal qilinishini tekshirish;
  • filial ilmiy kengash va boshqaruv yig‘ilishlarida, fakultet va kafedralar yig‘ilishlarida ishtirok etish;
  • filial faoliyati bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va bo‘limlaridan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
  • kurs loyihasi ( ishlari ), bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyani himoya qilish, davlat attestattsiyalarining o‘tkazilishini va barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqish;
  • o‘z huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda filialning malakaviy professor-o‘qituvchilari va xodimlarini jalb qilgan xolda guruhlar tuzish.