Bo‘lim boshlig‘i

Ergasheva Shaxnoza Ulashevna

Qabul vaqti: Seshanba – Payshanba (10:00-15:00 gacha)


Muhammad al-Xoraziy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargona filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining vazifalari.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi filialning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, iqtidorli talabalarni izlash va aniqlash bo‘yicha faoliyatini amalga oshiradi. Filialda malakali kadrlar yetishtirish yo‘nalishidagi faoliyatida  bo‘lajak mutaxassislarning sohaga oid masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan.

Filial talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish bo‘limi filialning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga bo‘ysunadi.

Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyati ta’lim tizimining zamonaviy talablari hamda ko‘p yillik tajribaga tayangan holda tashkil qilinadi. Bunda, talabalarning tegishli fan sohalari bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba, shuningdek, mavjud ilmiy-nazariy manbalar bilan tanishishi va ulardan foydalanishiga yaqindan ko‘mak beradi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyati mobaynida quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra ish olib boradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;
  • Oliy Majlis qonunchilik palatasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hamda qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining  ko‘rsatma va topshiriqlariga, Oliy ta’lim muassasalari rahbariyati buyruqlari va topshiriqlariga va Nizomga amal qiladi. vazirligining buyruqlari, hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Nizomiga amal qiladi.

Shuningdek,

  • iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
  •  ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning intelektual salohiyatini muntazam ravishda  aniqlab borish;
  • iqtidorli talabalarning moyilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni uyushtirish;
  • chet tili va kompyuterni mukammal egallash maqsadida mashg’ulotlarni tashkil etish;
  • fundamental ilmiy-tadqiqot ishlariga, ilmiy to’garaklarga va mualliflik jamoalariga jalb qilishni uyushtirish;
  •  iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalarini chop etishga, hamda ularning ilmiy ishlari va lmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etishda ko’maklashish;
  • iqtidorli talabalarni respublika va halqaro miqyosda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash hamda xorijiy davlatlarga o’qishga va stajirovkaga yuborishni tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, nomli Davlat stipendiyalarga hamda soha stipendiyalarga tavsiya etilgan nomzodlar ilmiy ishlarini tahlil etish va ularga kerakli maslahatlar bilan ko‘maklashish;
  • iqtidorli talabalarni ilm va fan arboblari, ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari va yirik mutaxassislari bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
  • iqtidorli talabalar uchun ixtisoslik bo’yicha kasb o’yinlarini tashkil etish;
  •  iqtidorli talabalar Respublika va xalqaro fan olimpiadalarida, davlat stipendiyalari hamda davlat mukofotlari tanlovlarida faol ishtirokini ta’minlash;
  • talabalarni oliy talim muassasida bajarilgan ilmiy tadqiqot loyihalariga keng jalb qilish;
  • iqtidorli talabalar o’rtasida muntazam ravishda sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazib turish;
  • iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini natijalari, erishgan yutuqlari va amalga oshirgan ishlari yuzasidan OAV vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish;
  •  zamonaviy axborot tizimidan foydalanishga shart-sharoitlar yaratish.

Filial iqtidorli talabalarining 2022-2023 o’quv yilida davlat va nomli stipendiyalar hamda boshqa tanlovlarda erishgan  natijalari

Filial iqtidorli talabalarining Startap loyihalarida  ishtiroki

1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali dasturiy injiniringi yo‘nalishi talabasi Musoxon Qo‘qon universitetida o‘tkazilgan “TechnoWays” tanlovida yeng yaxshi texnologik yechim nominasiyasida 30 mln sohibi bo‘ldi.

2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabasi Yetmishboyev Shaxzodbek “Eng yosh olim” tanlovi g’olibi bo’ldi.

3. Ideaton musobaqasi yoʻnalishlari boʻyicha TATU Fargʻona filiali gʻoliblari:

🟢 Isaqjonov Lazizbek – “MIES” loyihasi

🟢 Isroilov Murodjon Ikromjon oʻgʻli – “MNI” loyihasi

🟢 Akbarova Mohigul Asrorjon qizi – “Innovatsion tarzda gazlardan zaxarlanishni oldini olish qurilmasi” loyihasi

🟢 Sobirova Kamola Abduvoxid qizi – “Smart oʻt oʻchiruvchi mashina” loyihasi

🟢 Obidjonov Zafarjon Odiljon oʻgʻli – “BioVirtual” loyihasi

Filial talabalarining to’garaklarga jalb etilishi

Filialda faoliyat olib borayotgan 9 ta kafedra qoshida ja’mi 57 to’garak (54 tasi fan, 3 tasi sport to’garagi) tashkil etilgan bo’lib, to’garaklarga 548 nafar talabalar jalb etilgan.