Psixolog

Mo‘minova Nigoraxon Ikromjon qizi

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)

Telefon: 90 290-77-33

E-mail: muminovan300@gmail.com


Filial psixologi faoliyati yo‘nalishlari va vazifalari:

Filial psixologi faoliyati yo‘nalishlari

– psixologik targ‘ibot va ma’rifat

– psixodiagnostika

– psixik rivojlantirish va psixokorreksiya

– psixologik konsultatsiya

Psixoprofilaktika – filial psixologi faoliyatining maxsus turi bo‘lib, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun sog‘lom psixologik muhit yaratish va ular shaxsining rivojlanishi  uchun optimal shart-sharoitlarni ta’minlash hisoblanadi.

Psixologik profilaktika ishning asosiy vazifalari quyidagilar:

– shaxs sifatida shakllanish, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish;

– shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo‘sag‘asida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o‘z vaqtida oldini olish;

– talabani muayyan sharoitga moslashishi (ko‘ngil) ga oid ishlarini olib borish, buning uchun ijtimoiy moslashish  bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus guruhlar tuzish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin talabalar bilan ishlash va ularning ota-onalari, guruh rahbari bilan alohida ishlash va hakozo);

– talab va ehtiyojga ko‘ra talabalarni birinchi bosqichga qabul qilish jarayonida qatnashish, ularning oliy ta’lim-tizimiga psixologik tayyorgarlik darajasini  aniqlash, professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda talabalar bilan individual ishlash dasturini ishlab chiqish;

– ta’lim va tarbiya, yashash sharoiti bilan bog‘liq nevrotik holatlar, psixologik zo‘riqishning oldini olish, nevrotik holatlar, psixologik zo‘riqishlarning  oldini olish maqsadida talabalar bilan ishlash;

– talaba shaxsining qobiliyati, mayli psixoloik fazilatlari, xususiyatlarini to‘laqonli namoyon bo‘lishi maqsadida, aqliy (intellektual) taraqqiyot darajasini aniqlash uchun psixologik konsiliumlar tashkil qilish;

– filial jamoa – a’zolaridagi psixologik zo‘riqish va toliqishni yo‘qotish, kamaytirish,ularning oldini olish chora-tadbirlarini tarkib toptirishga  ko‘maklashish;

– filial istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan, ilmiy jihatdan asoslangan modelni professor-o‘qituvchilar hamkorligida yaratish. Oliy ta’lim-tizimida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini psixologik-pedagogik diognostika qilishda qatnashish unga o‘zgartirishlar kiritish, oqibat natijada talabalarni shaxs sifatida kamol topishiga muammosini maqsadga  muvofiq hal qilishiga xizmat qilish;

– o‘quv motivlari, shaxsining yo‘nalishi, uning etnomadaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlarga yo‘naltirish xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayoniga tuzatishlar kiritish;

– shaxslararo, etnik guruhlar,millatlararo har xil ko‘rinishdagi ziddiyatlarning oldini olish uchun psixologik tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi;

– professor-o‘qituvchilar xodimlar, ota-onalar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarning, oilaviy nizolarning psixologik ildizini o‘rganish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish, favqulodagi vaziyatlarni yengillashtirish va tamoman bartaraf qilish yo‘llari yuzasidan maslahatlar berish;

– yoshlar o‘rtasidagi aysh-ishratga, giyohvandlikka, yengil turmush kechirishga, qing‘ir yo‘l bilan boyishga ruju qiluvchi shaxslar bilan individual ishlashni yo‘lga qo‘yish;

– o‘zlashtirishi sust bo‘lgan talabalar ruhiy dunyosidagi nuqsonlarni aniqlash va ularga yordam berish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqish va  amaliyotga tadbiq qilish, hamda korreksion ishga muhtoj shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish;

  – o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatini filial talabalari o‘rtasida aniqlash (bioritmika, emotsiya, motivatsiya, iroda, qiziqish, diqqat kabilarni shaxs tomonidan idora qilishni nazarda tutiladi.).

– talabalarda, ayniqsa, talabalar turar joyi va ijarada yashovchi talabalarda ijtimoiy moslashuv ko‘nikmasini shakllantirish va ularning ijtimoiy  muammolarini bartaraf etishda psixologik-pedagogik ta’sir amaliyotlarini olib borish;

– huquqbuzarlik va jinoyatga moyilligi bo‘lgan, xulqi og‘ishgan talabalarni  aniqlash, ularning ruhiy holatini barqarorlashtirish orqali ijtimoiy faol faoliyatga yo‘naltirish;

– o‘quv qullanmalarining sifati, kitobxonlik muammosi, xodimlar, talabalarning davlat mulkiga munosabati haqida ma’lumotlar to‘plash va ularni umumlashtirish, ma’muriyatga, kasaba uyushmasiga axborot tayyorlash;

– oliy o‘quv yurti xodimlari, talabalarining ekologik, iqtisodiy siyosiy, etnopsixologik bilimlari saviyasini tekshirish va mustaqqillikni mustahkamlash imkoniyatini o‘rganish va ularda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

– talabalar o‘rtasida bo‘sh vaqtni taqsimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tekshirish va bo‘sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo‘llari, ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy qadriyatlarni egallashda foydalanish imkoniyatini psixologik tahlil qilish;

– filial talabalarida davlat mablag‘ini tejash tuyg‘usini aniqlash, tejamkorlik, mol mulkni asrash hissini o‘rganish, noxush kechinmalarni jamoa orasida yoppasiga tekshirish, ularda mehnatni qadrlash burchini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, milliy g‘urur, millatlararo munosabatni tarkib toptirish ishlarini amalga oshirish;

– oliy o‘quv yurti xodimlari, talabalarida ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy psixologik dastur yaratish, hamda uning moddiy boylik ishlab chiqarishdagi ulushini tahlil qilish.

  • Psixologik targ‘ibot va ma’rifat – talaba va pedagoglar jamoalarida eng qulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus psixologik tadbirlar olib borish, pedagogik jamoada muomala madaniyatini takomillashtirish, talabalar bilan professor-o‘qituvchilarning muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish, shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan pedagogik jamoalarda keng ko‘lamda maslahatlar berish. Pedagogik jamoa a’zolaridagi psixologik zo‘riqish va toliqishni yo‘qotish, kamaytirish, ularning oldini olish uchun chora-tadbirlarni tarkib toptirishga ko‘maklashish.
  • Psixodiagnostika – psixodiagnostik tadqiqotlar talabalarning o‘qishi davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual-psixologik xususiyatlarini, ta’lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo‘ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o‘tkaziladi.

4. Mazkur ishlar oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib,ularning individual xususiyatlarini, ta’lim va tarbiyadagi nuqsonlari sababini aniqlashga mo‘ljallangandir. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi:

–  yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog filialmuassasalari talabalarini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. Talabalarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg‘ulari, o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi;

– psixolog professor-o‘qituvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, iqtidori kabilarni o‘rganadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga muayyan yordam ko‘rsatadi.

– oliy o‘quv yurti talabalarida uchraydigan o‘quv malakalari va kunikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvoridagi kamchiliklar, intlektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sabablarini diognostika qiladi.

– talabalarning o‘z tenqurlari (tengdoshlari) bilan muloqotini o‘rganish uchun ularni tekshiradi. Ularning etnomadaniyati xususiyatini hisobga olgan holda psixofiziologik metodlarni muayyan sharoitga moslashtiradi.

– boshqa soha mutaxassislari bilan birgalikda talabaning psixik rivojlanishidagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differrensial diagnostikani amalga oshiradi. Xususan:

a) nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi;

b) assotsial xulq-atvor sabablari va shakllarini belgilaydi;

v) talabalar o‘rtasidagi giyohvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o‘g‘irlik, kabi illatlarning ijtimoiy-psixologik ildizlarini tekshiradi, uning omillarini tahlil qiladi;

  • Psixik rivojlantirish va psixokorreksiya ishlar – yo‘nalishi psixologdan talaba, professor-o‘qituvchilar shaxsi va intllektini rivojlantirish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazishni taqozo qiladi.

Ushbu yo‘nalishda psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshiradi:

– rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi:

a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashg‘uloti ayrim talabalar bilan alohida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan mashg‘ulotlar rejalashtiriladi.

b) talabalarning har-bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, talabalar guruhlariga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;

v) ota-onalar pedagogik jamoalarga filialtizimi xodimlari ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg‘ulotlar olib borish nazarda tutiladi.

– rivojlantiruvchi va psixokorreksion muammolarni qamrab oluvchi korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o‘tkaziladi.

– rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dastur shunday tuzilish keraki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatli  yo‘nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyati xususiyatlari o‘z aksini topsin; dasturni xalq, etno millat, elat tarixi, an’analari, rasm-rusmlari odatlari kabilarni hisobga olgan holda tuzish maqsadga muvofiqdir.

– filial psixologi talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulqidagi nuqsonlar, hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, koreksiya qilish dasturini ishlab chiqadi va amaliyotga tadbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus  mashg‘ulotlar, buzilishni kamaytirish mashqlarini o‘tkazadi,ijodiy (kreativ) qobiliyatlarni o‘stirish maqsadida treniglar olib boradi.

– talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi nomutonosiblikni yo‘qotish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazish: ulardagi o‘qishdan, ijtimoiy muhitdan egallangan o‘rnidan, mavqiyedan qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun trening, rolli o‘yinlar, psixodramdan foydalanish.

– emotsional zo‘riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus kabenetlarni jihozlash (xona jahon standartlariga javob berish, boshqaruv pulti, ekran vositalari, autotrening, sotsial trening,texnik vositalarga, ilmiy uslubiy metodikalarga ega bo‘lish lozim).

– korreksion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo‘yicha o‘tkazilishi shart. Bunda emotsional zo‘riqishga uchragan shaxsning millati, yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak: tuzatish ishlari mashg‘ulot, faoliyat kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo‘lishi ta’sir o‘tkazish samaradorligini oshiradi: unda yapon uslublarini  qo‘llash ham zarur ma’lumotlar to‘plash va tanglikni  yo‘qotish imkoniyatini yaratadi.

– filial psixologi xizmat doirasida talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulq-atvor va shaxslararo o‘zaro muomala munosabatlaridagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturi ishlab chiqiladi va amaliyotga  tatbiq etiladi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish maqsadida treninglar olib boradi.

Korreksion faoliyatning psixologik qismi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda hal qilinadi:

– filial psixologining maxsus individual ishi;

– talabalar guruhiga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar;

– ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg‘ulotlar olib borish.

Psixologik konsultatsiya (maslahat) – talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma’muriyat, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish orqali amalga oshiriladi.

Ushbu yo‘nalishda psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshiradi:

 – ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish va turmush qurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar  munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish;

– ma’muriyatga talabalarni va guruhlarni qiziqtiruvchi masalalar bo‘yicha maslahat berish: ularni faolllashtirish, ularga ta’sir o‘tkazish to‘g‘risida rahbar kadrlarga amaliy ko‘rsatmalar tayyorlash;

– ota-onalarga talabalarnig psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, o‘zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yosh, jins, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo‘yicha ilmiy-amaliy maslahatlar berish;

– filial tizimining barcha bo‘g‘inlari va bosqichlarida ma’ruza o‘qish, ota-onalar yig‘ilishida, filial Kengashida ishtirok etish orqali pedagoglar, ota-onalar psixologik madaniyatini oshirishga harakat qilish, ularga individual, guruhiy maslahatlar berish;

– oliy o‘quv yurtlariga talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to‘g‘risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish;

– rahbar kadrlar va professor-o‘qituvchilarning kasbga yaroqligini ilmiy asosda tekshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqadi;

 – attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik axborotlar to‘plash va ularni  umumlashtirib, yakahol tavsiyalar ishlab chiqish;

– xorijiy filialmuassasalari bilan aloqa qilish, kadrlar malakasini oshirish, ularning intelektual potensialini (imkoniyatlarini) aniqlash fan va texnikani rivojlantirish imkoniyatini, oliy maktabning nufuzi to‘g‘risida materiallar yig‘ish, ularni psixologik tahlil qilish va maslahatlar berish;

– yotoqxonalarda talabalarning  talabi, ehtiyoji, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, pozitsiyasi, mosligi va turmushga munosabati to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va ularni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

–  an’ananaviy ta’lim-tarbiya metodlarining yutuq hamda kamchiliklarini tadqiqot qilish, innovatsion, faol uslublar samarodorligini sinab ko‘rish, talabalarning ularga nisbatan munosabatini aniqlash va ularga asosan o‘qitishni individuallashtirish, differensiyalash bo‘yicha  o‘quv bo‘limiga ko‘rsatmalar tavsiya berish;

– iqtidorli talabalarni tanlashda ishtirok etish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib ularga stependiyalar belgilashda ishtirok etish;

– professor-o‘qituvchilar ijodiy faoliyati mahsuldorligi, to‘garaklar faolligini ko‘tarish tadbirlarini ishlab chiqish, ularning imkoniyatlarini tekshirish, kasb mahoratini egallash bo‘yicha musobaqalar, bahslar tashkil qilish va ularning mahsuldorligi to‘g‘risida bashoratlar qilish;

Filial psixologi faoliyatini amalga oshirish metodlari turlicha bo‘lishi mumkin:

– psixologik madaniyatni o‘stirish va targ‘ib qilish maqsadida filialmuassasa professor-o‘qituvchilari,talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trening mashg‘ulotlari o‘tkazish,ularni tarqatish;

– ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish;

– ommaviy axborot vositalarida chiqishlar;

– psixodiagnostik tadqiqotlar o‘tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test, savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar);

– psixologik maslahat berish;

– psixologik konsiliumlar o‘tkazish.