Axborot-resurs markazi direktori
Arakulova Fotimaxon Isroilovna
Telefon: +998905624400
Email: arm@tatuff.uz
Umumiy ma‘lumot
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Axborot-resurs markazi 2005 yilda tashkil etilgan. Filialining Axborot – resurs markazi 115 ta o’rindan iborat. Axborot-resurs markazi zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. 32 ta zamonaviy kompyuterlar bo’lib barchasi internet tarmog’iga lokal tarmoq va Wi-Fi qurilmalari yordamida ulangan. Kitobxonlar kompyuter texnikasidan erkin foydalanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan, 1 ta rangli printer, 2 ta oddiy printer va 2 ta tezkor skaner mavjud.
Axborot resurs markazi fondi: Axborot-Resurs Markazining umumiy kitob fondi nomda: 4253 ta, nusxada: 13901 tani tashkil etadi. Shundan: o‘quv adabiyotlari – 1535 nomda 6275 nusxa, ilmiy adabiyotlar – 123 nomda 610 nusxa, badiiy adabiyotlar – 1003 nomda 1542 nusxa, boshqa adabiyotlar – 215 nomda 282 nusxada mavjud.
Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan Axborot resurs-markaziga a‘zo bo‘lgan professor-oqituvchilar 109ta, talabalar 790 nafarni tashkil etadi.
Axborot-resurs markazidan masofadan turib foydalanish uchun telegram messengeri orqali https://t.me/libfbtuituz_bot havolasi orqali TATUFF elektron kutubxona boti ishga tushirilgan. Elektron kutubxona bo‘yicha https://lib.fbtuit.uz havolasi orqali o‘z veb sayti yo‘lga qo‘yilgan va elektron adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Hozirda ARM elektron adabiyotlar bazasi 2100 dan ortiq adabiyotlarlar bilan ta‘minlangan hamda ushbu yilda ARM fondidagi adabiyotlarni 100% elektron fondda shakllantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Talabalarning mustaqil ishlarida ko‘makdosh sifatida mahalliy hamda xorijiy ilmiy bazalar bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi.
IRBIS64+ dasturiy ta‘minoti universitet markaziy server kompyuteriga o‘rnatililishi kerakligini inobatga olib, markaziy server uçhun buyurtma berildi va kutubxona sharoitida ushbu dasturiy ta‘minotidan to‘liq foydalanish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Xozirda ushbu IRBIS64+ bazasiga Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan barcha nomdagi adabiyotlarning bibliografik yozuvlari kiritish ishlari olib borilmoqda.
Mahalliy ARM va kutubxonalardan: Tayanch oliygoh TATU, Viloyat kutubxonasi hamda FarDU elektron kutubxonalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Xorijiy hamkorliklardan: EBSCO ilmiy-ta‘limiy ma‘lumotlar bazasidan. Bosh qarorgohi Massachuses shtatining Ipsvich shahrida joylashgan EBSCO Informatsion Services EBSCO Industries Inc.ning bo‘linmasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Alabama shtati Birmingem shahrida joylashgan. EBSCO butun dunyo bo‘ylab turli xil kutubxonalarga xizmatlarni taqdim etadi.
Markaz xodimlari ro‘yxati
Lavozim yo’riqnomalari
Axborot-resurs markazi faoliyati haqida taqdimot