Moliya-reja boʻlimi

Bo’lim boshlig’i:

Butaboyeva Erkinoy Xasanboyevna

Qabul vaqti: Seshanba-Juma (14:00-16:00)

Telefon: (0 373) 226-82-59

E-mail: erkinoy.tatuff@umail.uz



Boʻlim faoliyati haqida

Moliya-reja boʻlimi filialning tuzilmaviy boʻlinmasi hisoblanadi. Boʻlim vazifalariga istiqbolli va joriy rejalarni ishlab chiqish, filial boʻlinmalariga sarf-xarajatlarini prognozlash, turli manbalardan filialni moliyalashtirish ehtiyojlarini aniqlash (davlat byudjeti, byudjetdan tashqari faoliyat, ilmiytadqiqot ishlardan daromadlar va b.). Boʻlim faoliyatning barcha turlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar roʻyxatini tuzish, OTM moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish, istiqbolli loyihalar va talabalarni qabul qilish yillik rejalarini tuzish bilan shugʻullanadi. Stipendiyalarni tayinlash tartibini nazorat qiladi, stipendiya taʼminoti va ichki tartib qoidalari, OTM Nizomini ishlab chiqishda qatnashadi.

Boʻlimning asosiy funksiyalari:

  • Shtat jadvalini tuzish va nazorat qilish.
  • Daromadlar va xarajatlar prognozini ishlab chiqish, xarajatlari va daromadlar smetalarini tuzish va nazorat qilish.
  • Boʻlinmalarni moliyalashtirish limitlarini hisoblab chiqish.
  • Filial faoliyatining barcha turlarini kompleks tarzda iqtisodiy tahlilini oʻtkazish.
  • Filial faoliyati koʻrsatkichlari boʻyicha statistik hisobini olib borish, belgilangan muddatda hisobotlar tayyorlash hamda statistik materiallar tizimlashtirish.
  • Oʻz vakolat doirasida yoʻriqnomalar va metodik materiallarini tayyorlaydi.
  • Buxgalteriya bilan birgalikda ishlab chiqarish-xoʻajik faoliyati natijalarini hisoblash va tahlil qilish boʻyicha ishlarin metodik rahbarlik va tashkil qilishni amalga oshirish, hisob-kitob hujjatlarni ishlab chiqish.
  • Yangi oʻquv yiliga professor-oʻqituvchilar, oʻquv-yordamchi xodimlar, xoʻjalik va maʼmuriy-boshqaruv personalining mehnat haqi boʻyicha meʻyoriy bazani tuzish.
  • Meʻyoriy bazani oʻzgarishini hosibga olgan holda shtat jadvalini toʻgʻrilash.
  • Moliyalashtirish manbalarini hisobga olish.
  • Byudjet va byudjetdan tashqari moliyalashtirish boʻyicha xarajatlar va daromatlar smetalarini tuzish.
  • Filialning byudjet moliyalashtirish boʻyicha limitlarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Vazriligi va Moliya Vazirligi tomonidan tasdqilangandan soʻng xarajatlar va daromadlar smetasini toʻgʻrilash.
  • Ishchilar toifalari va boʻlinmalari boʻyicha byudjet va byudjetdan tashqari moliyalashtirish boʻyicha mehnat haqi mablagʻlari ajratilishini nazorat qilish.
  • Choraklar boʻyicha mehnat haqini toʻlash fondi va xarajatlar smetalarini tahlil qilish.
  • Filialga xodimlar toifalari, mehnat haqini toʻlash, xarajatlar va daromadlar smetalari hamda statistik maʼlumotlar boʻyicha talab qilingan maʼlumotlarni taqdim qilish.