Kafedra mudiri

Ibroximov Nodirbek Ikromjonovich

Telefon: +99894 610 77 27

Email: n.ibroximov1986@gmail.com


Kafedra haqida

Kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyat uchun aqliy mehnatni avtomatlashtirish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni ochib berdi, bu ko‘p sonli turli xil avtomatlashtirilgan axborot va boshqaruv tizimlarining yaratilishiga, mutlaqo yangi deb ataladigan axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Axborotning muayyan qismini noqonuniy buzib ko‘rsatish,  soxtalashtirish, yo‘q qilish yoki ochish, shuningdek uni qayta ishlash va axborotni boshqarish tizimlarida uzatish jarayonlarini tartibga solish, avtomatlashtirilgan axborot almashinuvi jarayonlariga jalb qilingan ko‘plab sub’ektlarga (davlat, yuridik va jismoniy shaxslar) jiddiy moddiy va ma’naviy zarar etkazadi.

Axborot munosabatlari sub’ektlarining xavfsizligini ta’minlash, ularda saqlanadigan va qayta ishlanadigan axborotni boshqarish va boshqarish tizimlaridan foydalanishda qonuniy manfaatlarini himoya qilish muammosi oshib bormoqda. Har qanday korxonaning ish yo‘nalishi axborot tizimlari va axborot uzatish tarmoqlarini himoya qilishning dasturiy, apparatli, kriptografik va texnik vositalarini ishlab chiqish va qo‘llash tamoyillari bilan tanish bo‘lgan mutaxassislarga doimiy ehtiyojni talab qiladi. Qolaversa xar xar qanda xizmat turlari ham elektron shakilda ko‘rsatilishi davr talabiga aylanib qolmoqda. Bu jarayonlarda axborot xavfsizligi eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

2016-yildan boshlab TATU Farg‘ona filialida 60610300 (5330300)-“Axborot xavfsizligi” bakalavr yo‘nalishi va 2021-yildan 70610302 – Axborot xavfsizligi(Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va servis) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qitilmoqda. 2019 yilda sohani yanada rivojlantirish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida “Axborot xavfsizligi” kafedrasi tashkil tashkil etildi.

Kafedrada ta’labalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va qo‘shimcha ta’lim olish maqsadida “IT-Step”, “Kiber himoyachi”, “Digital words” nomli fan to‘garaklari tashkil etilgan.

Kafedra tomonidan ta’lim beriladigan yo‘nalishlar:

  • 60610300 – Axborot xavfsizligi (AKT va servis)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (KI, AT-servis)
  • 60610600 – Dasturiy injiniring
  • 60611000 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (T)
  • 60611300 – AKT sohasida kasb ta`limi
  • 60310500 – Raqamli iqtisodiyot

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:

  • Kiberxavfsizlik asoslari
  • Kriptografiya 1
  • Kriptografiya 2
  • Tarmoq xavfsizligi
  • Kiber huquq va kiber e’tika
  • Boshqaruv tamoillari
  • Kiberxavfsizlik siyosati
  • Axborot xavfsizligi va xavf xatarlarni boshqarishga kirish
  • 4-kurs IT/Mutaxassislik tanlov fani (Taxdid razvedkasi)
  • 4-kurs IT/Mutaxassislik tanlov fani (Axborot tizimlarini auditlash)
  • 4-kurs IT/Mutaxassislik tanlov fani (Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi)
  • 4-kurs IT/Mutaxassislik tanlov fani (Dasturiy vositalar xavfsizligi)
  • 4-kurs IT/Mutaxassislik tanlov fani (Buzish va himoyalash pritsiplari)

Kafedra tarkibi:

  • To‘xtasinov Dadaxon Farxodovich (Kafedra mudiri)
  • Turdimatov Mamirjon Mirzayevich (dotsent)
  • Oxunov Dilshod Mamatjonovich (dotsent)
  • Muxtarov Farrux Muxammadovich (dotsent)
  • Tojimatov Dostonbek Xomidjon o‘g‘li (katta o‘qituvchi)
  • Xudoynazarov Umidjon Umarjon o‘g‘li (katta o‘qituvchi)
  • Mirzayev Jamshid Boymurodovich (assistent)
  • Xusanova Moxira Qurbonaliyevna (assistent)
  • G‘aniyeva Shaxrizod Nurmuhammadovna (assistent)
  • Raxmatov Rasuljon Ravshanjon o‘g‘li (assistent)
  • Mo‘minova Mastura Maxmudjon qizi (assistent)
  • Sadirova Xursanoy Xusanboy qizi (assistent)
  • Toshmatov Sherzod Murodjonovich (assistent)
  • Abdullaxo‘jayev Davronxo‘ja Ravshanbek o‘g‘li (Kabinet mudiri)

Hozirgi kunda kafedrada 13 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib, shu jumladan ulardan 4 nafari PhD va fan nomzodlari.

Hozirgi kunda kafedrada 9 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib, shu jumladan ulardan 3 nafari PhD va fan nomzodlari.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedrada axborot xavfsizligi yo‘nalishi doirasida tadqiqotlar olib borilmoqda va quyidagi raqobatdosh texnologik echimlar ishlab chiqilmoqda:

  • “Ovozli ma’lumotni davlat obektlarida yashirincha tinglashdan himoya qiluvchi vositani ishlab chiqish”;
  • “Optik tolali aloqa liniyalarida axborot xavfsizligi”;
  • “Suniy intelekt yordamida kiberxavfsizlikni ta’milovchi aqilliy axborot tizimini ishlab chiqish”;
  • “Kriptobardoshliligi yuqori algoritimlar ishlab chiqish”;
  • “Kiberxavfsizlik siyosatni ishlab chiqishda xalqaro standartlarni tadbiq erish”.

Bitiruvchilar

Bitiruvchi, axborot xavfsizligi bo‘yicha malakali mutaxassis, axborot xavfsizligi tizimlari va texnologiyalarini qurish, tadqiq qilish va ishlatish, aloqa tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish va xizmat ko‘rsatish, shuningdek dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sohasida ishlashi mumkin.

Bizning bitiruvchilarimiz telekommunikatsiya va aloqa korxonalarida, bank sektorida, davlat va tijorat tashkilotlarida, sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspert tashkilotlarida, Ichki ishlar vazirligi bo‘limlarida, Davlat xavfsizlik xizmatida, shahar va viloyat ma’muriyatlarida va boshqalarda korxona tashkilotlarda axborot xavfsizligi mutaxassisi sifatida faoliyat yuritishadi.

Lavozim yo’riqnomalari: