Kafedra mudiri
Rayimjonova Odinaxon
Tel: (8373) 226-82-59, +998902312244
E-mail: rodinaxon75@mail.ru
Kafedra tarixi
Dastlab «Telekommunikatsiya» kafedrasi 2008 yil tashkil etilgan. 2008 -2009 yillar fizika-matematika fanlari nomzodi Z. Xaydarov, 2009-2010 yillar katta o’qituvchi U.U.Iskandarov, 2010-2013 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Х. Qo`ldashev, 2013-2014 yillari kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi etib katta o’qituvchi A.Т.Abdullayev, 2014-2016 yillari katta o’qituvchi U.U.Iskandarov, 2016-2019 yillari dotsent N.M.Jurayev, 2019 yil mart oyidan texnika fanlari nomzodi, dotsent O.X.Qo’ldashovlar mudirlik lavozimlarida faoliyat olib bordilar. 2019 yil sentyabr oyidan boshlab, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) O.S.Rayimjonova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda kafedra “Telekommunikatsiya injiniringi” deb nomlanadi. Kafedra o`z faoliyati jarayonida O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi, “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Farg’ona, Andijon, Namangan filiallari, Elektromagnit moslashuv markazi, Andijon radioteleuzatish markazi, TTT filiali 2-bog’lanmasi bog`lanmasi kabi korxonalari hamda, TATU Farg’ona filiali qoshidagi akademik litsey, Farg’ona transport va servis texnikumi kabi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda kafedra “5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari”, “5330500-Kompyuter Injiniringi”, “5330600-Dasturiy Injiniring” “5350400-Axborot kommunikatsiya soxasida kasb ta’limi”, “5330300-Axborot xavfsizligi” bakalavr yo`nalishlari talabalariga 28 dan ortiq fanlardan va 5A350101-Telekommunikatsiya injiniringi magistratura mutaxasisligi talabalariga 4 ta fandan dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedrada ta`lim va ishlab chiqarish jarayonining uyg`unligiga erishilgan. Ishlab chiqarishda katta tajribaga ega o`qituvchlar va ilmga chanqoq, ilmiy izlanishlarga layoqatli yosh o`qituvchilarning birgalikdagi faoliyati, ayniqsa, talabalarga yangi innovatsion texnika va texnologiyalarni o’zlashtirishida yaxshi natija bermoqda. Kafedra “5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari” bakalavr yo`nalishi bo`yicha yosh kadrlar tayyorlashga ma`sul, chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Ushbu bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar iqtisodiyotning barcha sohalarida, ayniqsa telekommunikatsiya sohasida ishlab, vatanimiz rivojiga o`zlarining hissalarini qo`shmoqdalar. Kafedraning moddiy-texnik bazasi yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada “Elektronika va sxemalar”, “Elektronika va sxemalar”, “Raqamli qurilmalarni loyixalashga kirish” kabi fanlaridan amaliyot mashg`ulotlari va laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan keltirilgan zamonaviy stend va jihozlar, “Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari”, “Simsiz aloqa tizimlari”, “Tizimlar va signallarni qayta ishlash”, “Telekommunikatsiyada operatsion tizimlar” va boshqa fanlardan amaliyot mashg`ulotlari va laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun soha korxonalaridan olib kelib o`rnatilgan qurilma va jihozlar mavjud. Kafedrada ilmiy ishlar va izlanishlar ham keng yo`lga qo`yilgan. 2019 yilda kafedra katta o`qituvchlari O. Rayimjonova TDTU professori Yu.G.Shipulin rahbarligida “Nazorat va boshqarish sistemalari uchun gaz oqimlarining parametrlarini gibrid o’zgartirgichlarini takomillashtirish”, R.A.Nurdinova FarPI professori A.M.Kasimoxunova boshchiligida “Generator tipidagi fotoqabul qilgich qurilmasini yaratish” mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar va PhD ilmiy darajasini oldilar. Kafedra assistenti N.Mamasodiqova esa TDTU professori I.X.Siddiqov rahbarligida “Moy ekstraksiyalash jarayoni texnologik parametrlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimi” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Kafedra professor – o‘qituvchilari respublika va xalqaro uslubiy seminarlar va anjumanlarning ishlarida faol qatnashib kelmoqda, hamda, yangi innovatsion texnologiyalar sohasida o’z izlanishlarini olib bormoqdalar. Teleommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan o’qitiladigan 32 ta fanlarning o’quv uslubiy majmualari, ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlaridan uslubiy ko’rsatmalarini zamon talablari bo’yicha tayyorlanmoqdalar va axborot resurs markaziga ushbu fanlar o’tiladigan adabiyotlar qatori taqdimetib kelmoqda.
Kafedra oldidagi vazifalar
“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi jamoasining oldida turgan asosiy vazifalardan biri zamonaviy telekommunikatsiya uskunalariga xizmat ko’rsatuvchi, raqobatbardosh, yetuk kadrlarni yetishtirish hamda o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo’yilgan. Hozirda kafedrada 4 ta dotsent, 4 nafar katta o’qituvchi, 11 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.
Kafedra mas’ul yo’nalish va mutaxassisliklar
Ta’lim yo’nalishlari:
Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati
1.Elektronika va sxemalar 1.
2. Raqamli qurilmalarni loyixalashga kirish.
3. Tizimlar va signallarni qayta ishlash
4.Optik aloqa tizimlari.
5.Multimediali aloqa tarmoqlari.
6.Xajmli televedeniya texnologiyalari.
7.Telekommunikasiya tarmoqlari va tizimlari.
8.Tarmoq dasturlash asoslari.
9.Telekommunikatsiyada dasturlash strukturasi.
10.Telekommunikatsiya transport tarmog’i texnologiyalari.
11.Kelajak tarmoqlari.
12.Ma’lumotlar uzatish asoslari.
13. Multimediali aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish asoslari
14.Video va audio signallarini raqamli qayta ishlash.
15.Metrologiya, standartizatsiya sertifikatsiya va radioelektronika.
16.Elektronika va sxemalar 2.
17.Simsiz tarmoqlar.
18.Signallarga raqamli ishlov berish.
19.Keyingi avlod konvergent tarmoqlari.
20.Raqamli teleradioeshittirish tizimlari.
21.Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish asoslari.
22.Telekommunikatsiyada sun’iy intellekt.
23.IMS gа kirish.
24.Internet of Things (IoT).
Kafedra professor-oqituvchilar ro’yxati
O’rindosh professor-oqituvchilar ro’yxati
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari
Xo’jalik shartnomalari
Akademik litsey bilan hamkorlik
Viloyat, shahar miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
Umumiy oʼrta taʼlim maktablar bilan hamkorliklar
Kafedrada olib borilayotgan ishlar
Kafedra tomonidan 2020 yilning 24.12 sanasida Belgiyaning Аntverpen universiteti olimi Jamoliddin Razzoqov bilan «Кompyuter modellashtirish asosida saraton hujayralarini tadqiq qilish» mavzusida talabalar va filial professor-oʼqituvchilari uchun onlayn dars hamkorlik asosida tashkil etildi. Bunda barcha qatnashchila oʼzlari qiziqqan savollarini berishdi va batafsil javoblar olishdi. Onlayn uchrashuv nihoyasida O.Rayimjonova oʼz fikr va takliflarini aytib minnatdorchilik bildirdi.
Kafedra tomonidan joriy yilning 22.01 sanasi Karachi vakti bilan 19-00 da Аmerikalik olim AQSh ning Indiana Universitetining fizika fakulteti, “Energiya va materiya ustida tadqiqotlar markazi”da ilmiy faoliyat yuritadayotgan “Nazariy yadro fizikasi va yadro astrofizikasi” sohasida fan doktori Farrux Fattoyev bilan “ Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish metodologiyasi” mavzusida talabalar va filial professor-oʼkituvchilari uchun onlayn dars xamkorlik asosida tashkil etildi. Bunda barcha qatnashchilar oʼzlari qiziqqan savollarini berishdi va batafsil javoblar olishdi. Onlayn uchrashuv nixoyasida O.Rayimjonova oʼz fikr va takliflarini aytib barchaga oʼz minnatdorchiligini bildirdi.
Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalari
N.M.Juraev, «Tеlеkommunikatsiya uzatish tizimlariga tеxnik xizmat ko’rsatish»
N.M.Juraev, B.A.Turgunov «Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish va loyihalash» nomli o’quv qo’llanma.
B.A.Turgunov «Tеlеkommunikatsiya tizim va tarmoqlarini modеllashtirish asoslari» nomli o’quv qo’llanma.
N.M.Juraev, B.A.Turgunov «Keng polosali tarmoqlar» nomli o’quv qo’llanma
N.M.Juraev «Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish»
N.M Jo‘rayev , “Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish”, darslik
B.Djalilov, R.Nurdinova va O.Rayimjonova, “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”, o‘quv qo‘llanma
O.Rayimjonova, B.Djalilov, G.Jo‘rayeva, Sh.Ergashev, “Raqamli elektronika” , o‘quv qo‘llanma
O.Rayimjonova, “Magistral turboprovodlardagi gaz va suyuqliklarni oqimini nazorat va diagnostika qilishning texnik, algoritmik, dasturiy ta’minoti va uslublari”, Monografiya.
Р.И.Исаев, Н.М.Жураев, У.У.Искандаров «Тармок протоколлари»., Учебное пособие, 2019. Фергана. «Супер принт полиграф»