Xorijiy tillar kafedrasi

Kafedra mudiri:

Ganieva Dildora Azizovna

Tel: +99890 585 44 64

Email: dganieva86@gmail.com



Kafedra haqida: tarixi, faoliyat yo’nalishlari

Xorijiy tillar kafedrasi 2021-yil 15-fevralda O’zbek tili va adabiyoti kafedrasidan ajralib chiqdi. Kafedra 2010-yil 13-dekabrda Tillar va sport kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 2012-yil 6-iyuldan Tillar kafedrasi nomi berilgan. 2019-2021-yillarda Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi bilan qo’shilgan holda “O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi” nomi bilan yuritildi. Dastlabki kafedra mudiri sifatida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Y.Saidov 2010-2011-yillarda rahbarlik qilgan. 2011-2012-yillarda pedagogika fanlari nomzodi dotsent Y.Ismoilov va 2012-2019-yillarda katta o‘qituvchi N.Qurbonov rahbarlik qildi. Hozirda filologiya fanlari nomzodi, dotsent D.Ganieva kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlarida amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Kafedra a’zolari 7 ta professor-o‘qituvchilar, shuningdek, 1 ta kabinet mudiridan iborat. Professor-o‘qituvchilardan 1 nafari kafedra mudiri, 1 nafari dotsent, 2 nafari katta o‘qituvchi, 3 nafari assistent lavozimida ishlaydi.

Kafedrada TATU, FarDU, FarPI, Toshkent tibbiyot instituti Farg‘ona filiali, ADU va NamDUning xorijiy tillar bo’yicha kafedralar bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

Kafedrada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari yangi pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish, samarali o‘qitish uslublarini joriy etish mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra a’zolari xalqaro, respublika va filial miqiyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z maqola va tezislari bilan qatnashib kelmoqdalar.  Bundan tashqari kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarini o‘tab kelgan.

Kafedrada ilmiy-uslubiy seminar har o‘quv yilida reja asosida ish olib bormoqda. Kafedraning ilmiy-uslubiy seminarlarida uslubiy ko‘rsatmalar, ilmiy maqolalar, yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganish va ta’lim jarayonida qo‘llash masalalari ko‘rib chiqilgan va bu o‘z samarasini bermoqda.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir fan o‘qituvchisi tomonidan iqtidorli talabalar jalb qilingan bo‘lib, ularga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Bundan tshqari kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingan va haftada bir marta har bir fandan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ushbu to‘garaklarga talabalarning qiziqishlari katta.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha

  • Xorijiy til
  • Amaliy xorijiy til.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishlari quyidagicha:

  1. Til o‘rganish va til o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari rivojlanish tendensiyalari;
  2. Barkamol avlod tarbiyasi: yondashuvlar, muammolar yechimlari va asosiy omillar;
  3. Qiyosiy tilshunoslikning dolzarb muammolari.