Kafedra mudiri
Bilolov Inomjon O`ktamovich
“Axborot-ta`lim texnologiyalari” kafedra tarixi
Axborot-ta`lim texnologiyalari kafedrasi TATU Farg’ona filiali Ilmiy Kengashining 2008 yil 5 may №7 sonli qarori va filial direktorining 2008 yil 2 iyung’ №06-44/2 buyrug’iga asosan “Kasbiy ta’lim” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan.
Kafedrada asosiy shtatda 8 ta professor-o’qituvchi bo’lib, 1 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi va 5 ta assistentdan iborat bo’lgan. Bundan tashqari, 2 ta o’rindoshlik asosida professor o’qituvch faoliyat olib borib, undan 1 nafari dotsent bo`lgan. Kafedraning ilmiy salohiyati 33 foizni tashkil etgan.
Kafedrada pedagogika, pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat, Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, Informatika fanini o’qitish metodikasi, Masofaviy ta’lim texnologiyalari va vositalari, pedagogik dasturiy vositalar, Kasbiy psixologiya, Zamonaviy o’quv texnik vositalari, Konsalting asoslari, Ta’lim texnologiyalari fanlari o’qitilgan. Dastlabki kafedra mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent B.A.Mirzakarimov 2008-2012 yillar davrida, 2012-2015 yillari dosent T.Ummatqulov rahbarlik qilgan. 2015 yil sentyabr oyidan dotsent. S.Abduraxmonov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedrada TATU, FarDU, FarPI, Toshkent tibbiyot instituti Farg’ona filiali, ADU, NamDU bilan hamkorlik o’rnatilgan.
Kafedrada ilmiy-uslubiy ishlar yo’lga qo’yilgan bo’lib, asosiy yo’nalish sifatida talim sohasiga axborot texnologiyalarini qo’llash mavzusi olingan. Kafedra professor-o’qituvchilari yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, samarali o’qitish usullarini joriy etish mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar hamda kafedra a’zolari xalqaro respublika va filial miqyosida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda maqola va tezislari bilan qatnashib kelganlar. Bundan tashqari kafedraning barcha professor-o’qituvchilari ornatilgan tartibda malaka oshirish kurslarida ta’lim olganlar.
Kafedrada xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yo’lga qo’yilgan. Kafedra professor-o’qituvchilari kasb-hunar kollejlarida mutaxassislariga AKT sohasi bo’yicha bilimlar berishda faollik ko’rsatmoqdalar. Hozirda kafedra ishlab chiqarish korhonalari bilan xamkorlik ishlarini boshlamoqdalar. Masalan “KVARTS’ islab chiqarish korhonasi bilan tuzilgan shartnoma bunga misolbola oladi.
Kafedrada olib borilayotgan fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmuaning elektron varianti tayyorlandi, elektron variant filialning axborot-resurs markaziga hamda kafedraning barcha kompyuterlariga joylashtirilgan.
KAFEDRA BUGUNGI KUNDA
2013 yil sentyabr oyidan kafedra nomi TATU buyrug’iga asosan “Axborot-ta’lim texnologiyalari” deb nomlandi.
Kafedrani 2015 yil avgust oyidandan fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent S.M. Abdurahmonov boshqarib kelmoqda. Kafedra bakalavriatning barcha ta’lim yo’nalishlarida, magistraturaning barcha mutaxassisliklarida nazariy-amaliy mashg’ulotlar olib boradi.
2018-2019 o`quv yilida asosiy shtatda 8 nafar va 3 ta o’rindoshlik asosida professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bulardan asosiy shtatdan 4 nafari dotsent, o’rindoshlardan 2 nafari dotsent, qolgan professor-o’qituvchilar assistent lavozimida ishlaydi. Kafedraning ilmiy salohiyati 50% ni tashkil etadi.
Kafedra jamoasi oldiga zamonaviy axborot texnologiyalari bo’yicha yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, o’quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish asosiy vazifalar etib belgilangan. Filial axborot resurs markaziga kafedra tomonidan tayyorlangan ma’ruza matnlari va uslubiy ishlanmalar taqdim etilgan. Ular talabalar tomonidan foydalaniladi. O’quv zali kompyuterlar bilan jixozlangan va ularda elektron darsliklar joylashtirilgan.
Filial talabalaridan nomdor stipendiantlarini tayyorlashda kafedra professor-o’qituvchilari faol qatnashib kelmoqdalar.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi mavjud bo’lib, ularga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir fan o’qituvchisiga iqtidorli talabalar biriktirilgan bo’lib, ularga ilmiy maqolalar va uslubiy ko’rsatmalar yozishda amaliy yordam ko’rsatilmoqda.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati
Bakalavriat:
Magistratura:
KAFEDRA PROFESSOR-O`QITUVCHILARI
O`rindosh professor-o`qituvchilar
Darslik va o`quv qo`llanmalar
Ilmiy maqolalar.
Fan dasturlari: