Kafedra mudiri:
Qochqorova Gulnora Dexkanbayevna
Telefon: +998 91 327 34 08
KAFEDRA TARIXI
O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 2021 yil 15 fevraldagi “Yangi kafedra tashkil etish to‘g‘risida”gi № 71-sonli buyrug‘i bilan O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi negizida “O‘zbek tili va Gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan filialning 2021 yil 19 fevraldagi 53 K-son buyrug‘i bilan professor-o‘qituvchilar kafedralarga biriktirildi.
Ungacha kafedra “O‘zbek tili va adabiyoti” deb nomlangan. 2005-yilda “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2005-2019-yillarda tarix fanlari nomzodi U.Saliyev, falsafa fanlari nomzodi, dosent N.Usmonov, falsafa fanlari nomzodi Sh.Holmatov, iqtisod fanlari nomzodi G.Mahmudova, katta o‘qituvchi I.Rustamov, filologiya fanlari nomzodi D.Gʻaniyevalar kafedra mudiri lavozimida ishlaganlar. Bugungi kunda falsafa fanlari nomzodi Gulnora Dexkanbayevna Qo‘chqorova kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedra bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlarida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Kafedra a’zolari 15 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 1 nafari professor, 5 nafari dosent, 4 nafari katta o‘qituvchi, 5 nafari assistent lavozimida ishlaydi. O‘rindoshlik asosida 3 nafar dosent va 2 nafar assistentlar faoliyat olib boradi.
KAFEDRADA XAMKORLIK ALOQALARI
Kafedrada TATU, FarDU, FarPI, Farg‘ona Jamoat salomatligi Tibbiyot instituti, ADU va NamDUning gumanitar fanlar, tillar, jismoniy tarbiya va sport kafedralari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Kafedrada xorijiy OTMlar bilan xamkorlik: Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti, Qirg‘iz-O‘zbek universitetlardagi ijtimoiy gumanitar fanlar kafedralari bilan memorandumlar imzolangan va xamkorlik ishlari olib borilyapti. Kafedrada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir fan o‘qituvchisi tomonidan iqtidorli talabalar jalb qilingan bo‘lib, ularga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingan va haftada bir marta fanlardan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Talabalarga zamonaviy ilm-fan yutuqlarini singdirish, ularga jahonda rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimlari bilan uzviy bog‘liq holda fundamental fanlarning asoslarini o‘rgatish, hozirgi taraqqiy etib borayotgan ilg‘or texnika va texnologiyalar, axborotlashtirish, kompyuterlashtirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, virtual axborot va aloqa tizimlarining nazariy va amaliy asoslarini mukammal o‘rgatish asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda.
Filialning “O‘zbek tili va gumanitar fanlar” kafedrasida mazkur vazifalarni bajarish uchun barcha professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedrada barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘zbek va rus tillarida Akademik yozuv, Jismoniy tarbiya hamda gumanitar tanlov fanlari sifatida Falsafa, O‘zbekiston tarixi, Dinshunoslik, ochiq tanlov fanlari Biznes jarayonlarini boshqarish, Zamonaviy iqtisodiyot fanlaridan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boriladi.
Asosiy shtatda qafedrada 8 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi, jumladan, 4 nafari dosent, 2 nafar katta o‘qituvchi hamda 3 nafar assistent. Shuningdek kafedarada 1 nafar kabinet mudiri faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada o‘rindoshlik asosida -1 nafar professor, 3 nafar dosent, 1 nafar katta o‘qituvchi, va 2 nafar assistentlar faoliyat olib boradi.
KAFEDRA TARKIBI
t/r | F.I.Sh. | Lavozimi | Ilmiy darajasi |
1 | Kochkorova Gulnora Dexkanbayevna | Kafedra mudiri | Falsafa fanlari nomzodi |
2 | Xolmatov Shaxobiddin Jumabayevich | Katta o‘qituvchi | Falsafa fanlari nomzodi |
3 | Rustamov Ilxomidin Abduqodirovich | dosent | Falsafa fani bo‘yicha falsafa doktori PhD |
4 | Arabboyev Xurshidbek Xusniddinovich | Katta o‘qituvchi | |
5 | Tashlanova Nigora Djurayevna | Katta o‘qituvchi | |
6 | Xamdamova Oygul Maxkamjonovna | Assistent | |
7 | Xusaynova Maxliyo Marufjon qizi | assistent | |
8 | Teshaboyev Muxiddin Marufovich | dosent | Falsafa fani bo‘yicha falsafa doktori PhD |
9 | Kodirov Abdumalik | dosent | iqtisod fani bo‘yicha falsafa doktori PhD |
10 | Usmanov Nemat Usmonovich | dosent | Falsafa fanlari nomzodi |
11 | Butaboyev Muxammad Tuychiyevich | professor | Iqtisod fanlari doktori |
12 | Mamarozikov Foziljon Davronbekovich | Katta o‘qituvchi | |
13 | Mamirov Nosirjon Nishonovich | assistent | |
14 | Ibragimov Navruzbek Kimsanboyevich | assistent | |
15 | Rayimov Abdulxamid Abdulxakimovich | assistent |
ILMIY – TADQIQOT FAOLIYATINING UMUMIY TAVSIFI
Bugungi kunda kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishlari quyidagicha:
– Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy yo‘nalishlari;
– Zamonaviy falsafiy dunyoqarash;
-Jismoniy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari.
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR ILMIY SALOHIYATI
Kafedra ilmiy salohiyati – 75%. Fan doktori 1 ta, fan nomzodlar 5 ta, falsafa fani bo‘yicha PhD falsafa doktori -3 ta. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati .Kafedra a’zolari 16 nafar professor-o‘qituvchilar jumladan, 8 nafari kafedra dosenti, 3 nafari katta o‘qituvchi, 5 nafari assistent lavozimida ishlaydi. O‘rindoshlik asosida 4 nafar dosent, 2 nafar assistent faliyat olib boradi.
Lavozim yo’riqnomalari: