Kafedra mudiri
Rayimjonova Odinaxon
Tel: +998902312244
E-mail: odinaxon@tatuff.uz
Kafedra tarixi
«Telekommunikatsiya» kafedrasi 2008 yil tashkil etilgan. 2008 -2009 yillar fizika-matematika fanlari nomzodi Z. Xaydarov, 2009-2010 yillar katta o’qituvchi U.U.Iskandarov, 2010-2013 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Х. Qo`ldashev, 2013-2014 yillari kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi etib katta o’qituvchi A.Т.Abdullayev,
2014-2016 yillari katta o’qituvchi U.U.Iskandarov, 2016-2019 yillari dotsent N.M.Jurayev, 2019 yil mart oyidan texnika fanlari nomzodi, dotsent O.X.Qo’ldashovlar mudirlik lavozimlarida faoliyat olib bordilar. 2019 yil sentyabr oyidan boshlab, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) O.S.Rayimjonova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda kafedra “Telekommunikatsiya injiniringi” deb nomlanadi. Kafedra o`z faoliyati jarayonida O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi, “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Farg’ona, Andijon, Namangan filiallari, Elektromagnit moslashuv markazi, Andijon radioteleuzatish markazi, TTT filiali 2-bog’lanmasi bog`lanmasi kabi korxonalari hamda, TATU Farg’ona filiali qoshidagi akademik litsey, Farg’ona transport va servis texnikumi kabi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda kafedra “5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari”, “5330500-Kompyuter Injiniringi”, “5330600-Dasturiy Injiniring” “5350400-Axborot kommunikatsiya soxasida kasb ta’limi”, “5330300-Axborot xavfsizligi” bakalavr yo`nalishlari talabalariga 30 dan ortiq fanlardan va 5A350101-Telekommunikatsiya injiniringi magistratura mutaxasisligi talabalariga 4 ta fandan dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedrada ta`lim va ishlab chiqarish jarayonining uyg`unligiga erishilgan. Ishlab chiqarishda katta tajribaga ega o`qituvchlar va ilmga chanqoq, ilmiy izlanishlarga layoqatli yosh o`qituvchilarning birgalikdagi faoliyati, ayniqsa, talabalarga yangi innovatsion texnika va texnologiyalarni o’zlashtirishida yaxshi natija bermoqda.
Kafedra “5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari” bakalavr yo`nalishi bo`yicha yosh kadrlar tayyorlashga ma`sul, chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Ushbu bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar iqtisodiyotning barcha sohalarida, ayniqsa telekommunikatsiya sohasida ishlab, vatanimiz rivojiga o`zlarining hissalarini qo`shmoqdalar. Kafedraning moddiy-texnik bazasi yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada “Elektronika va sxemalar”, “Elektronika va sxemalar”, “Raqamli qurilmalarni loyixalashga kirish” kabi fanlaridan amaliyot mashg`ulotlari va laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan keltirilgan zamonaviy stend va jihozlar, “Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari”, “Simsiz aloqa tizimlari”, “Tizimlar va signallarni qayta ishlash”, “Telekommunikatsiyada operatsion tizimlar” va boshqa fanlardan amaliyot mashg`ulotlari va laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun soha korxonalaridan olib kelib o`rnatilgan qurilma va jihozlar mavjud. Kafedrada ilmiy ishlar va izlanishlar ham keng yo`lga qo`yilgan. 2019 yilda kafedra katta o`qituvchlari O. Rayimjonova TDTU professori Yu.G.Shipulin rahbarligida “Nazorat va boshqarish sistemalari uchun gaz oqimlarining parametrlarini gibrid o’zgartirgichlarini takomillashtirish”, R.A.Nurdinova FarPI professori A.M.Kasimoxunova boshchiligida “Generator tipidagi fotoqabul qilgich qurilmasini yaratish” mavzularida doktorlik dissertatsiya ishlarini himoya qildilar va PhD ilmiy darajasini oldilar. 2021 yilda kafedra assistenti N.Mamasodiqova esa TDTU professori I.X.Siddiqov rahbarligida “Moy ekstraksiyalash jarayoni texnologik parametrlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimi” mavzusida ilmiy ishini himoya qildi. Kafedra professor – o‘qituvchilari respublika va xalqaro uslubiy seminarlar va anjumanlarning ishlarida faol qatnashib kelmoqda, hamda, yangi innovatsion texnologiyalar sohasida o’z izlanishlarini olib bormoqdalar.
Kafedra oldidagi vazifalar
“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi jamoasining oldida turgan asosiy vazifalardan biri zamonaviy telekommunikatsiya uskunalariga xizmat ko’rsatuvchi, raqobatbardosh, yetuk kadrlarni yetishtirish hamda o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo’yilgan. Hozirda kafedrada 5 ta dotsent, 5 nafar katta o’qituvchi, 11 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.
Kafedra mutaxassislik yo’nalishlari:
Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati:
Kafedra professor-o’qituvchilar ro’yxati:
Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan professor-o’qituvchilar:
Xo’jalik shartnomasi bo’yicha qilingan ishlar:
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yxati:
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yxati:
Lavozim yo’riqnomalari: